Bosh sahifaAyollar uchunHech qachon urfdan qolmaydigan qishki oyoq kiyim modellari (foto)

Hech qachon urfdan qolmaydigan qishki oyoq kiyim modellari (foto)


Har mavsum uchun yangi oyoq kiyim modellari ishlab chiqarilsa-da, qishki poyabzallar orasida klassik darajaga erishganlari mavjud. Ularning joyi hamisha garderobda bo‘lib, qishki obrazni mukammal tarzda to‘ldiradi. Grazia nashri hech qachon urfdan qolmaydigan oyoq kiyim modellari bilan tanishtirib o‘tdi.

Foto: Grazia

Bog‘ichli botinkalar ko‘p qirraliligi tufayli moda reytingida birinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu poyabzal nafaqat qish mavsumida, balki kuz va bahorda ham ko‘ylaklar bilan kiyiladi. Ushbu modeldagi oyoq kiyimlar har qanday obraz uchun mos keladi. Shuning uchun bir mavsumdan ko‘proq vaqt davomida sodiqlik bilan xizmat qiladigan bunday variantni rad qilmaslik zarur.

Foto: Grazia

Bog‘ichli poyabzallar bilan raqobatlashadigan yana bir model — bu barchaning sevimli chelsi etiklari. Kuz kelishi bilan zamonaviy ayollar birinchi navbatda bu poyabzallarni tayyorlab qo‘yadi, ular nafaqat qulay, balki hashamatli ham  ko‘rinadi. Ushbu model uzoq vaqt xizmat qilishi uchun uning neytral rangdagisini xarid qilish lozim.

Foto: Grazia

Sport uslubida kiyinishni yoqtirmayigan xonimlar uchun, albatta, nafis ko‘rinishga ega poshnali etiklar modeli mavjud. Ular qulayligi hamda chiroyli ko‘rinishi bilan hamisha urfda. Bu kabi modeldagi etiklarni ko‘ylak yoki yubkalar bilan birlashtirib, ajoyib obraz hosil qilish mumkin.

Foto: Grazia

O‘ta baland poshnada kun davomida ishlash, albatta, qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar o‘rtacha balandlikdagi poshnali etiklarni tavsiya qiladi. Ular ham deyarli klassik uslubga yaqinligi bilan urfdan qolmaydi.

Foto: Grazia

Krossoovkalarni nafaqat quruq ob-havoda, balki ularning qalini qish kunlarida ham kiyish mumkin. Krossovklar qulayligi hamda issiqligi bilan hamon qishki garderobning eng yuqori qismidan joy olgan. Faqatgina xarid chog‘ida qish uchun mo‘ljallanganini tanlash tavsiya etiladi.

Foto: GraziaManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!