Bosh sahifaAyollar uchunThe North Face brendi kalitlar uchun kurtkalar ishlab chiqardi (foto)

The North Face brendi kalitlar uchun kurtkalar ishlab chiqardi (foto)


Amerikaning yuqori sifatli sport va tog‘ kiyimlari hamda sayyohlik anjomlarini ishlab chiqaruvchi The North Face kompaniyasi kalit uchun mo‘ljallangan ajoyib breloklar seriyasini chiqardi. Bu haqda modalar uyining rasmiy sayti ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: The North Face

To‘plam afsonaviy Nupse par kurtkalari dizayniga asoslangan bo‘lib, gap Mini Nupse Jacket deb nomlangan issiq kalit breloklari haqda ketmoqda.

Foto: The North Face

Ular chidamli yumshoq neylon matodan yasalgan kichik kurtkalar bo‘lib, kalitni joylashtirish uchun ichki tomoniga halqa o‘rnatilgan va undan kalit qutisi sifatida foydalanish mumkin.

Foto: The North Face

Qizig‘i shundaki, kurtka yenglariga ryukzak yoki boshqa narsalarga ilib qo‘yish mumkin bo‘lgan jajji o‘tkazgichlar o‘rnatilgan.

Foto: The North Face

The North Face logotipi kurtkaning an’anaviy qismida joylashgan. Qo‘shimcha funksiyalar orasida ajraladigan qalpoq va sun’iy old cho‘ntaklar ham mavjud.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!