Bosh sahifaAyollar uchunHamisha hashamatli ko‘rinishni ta’minlaydigan garderobning 7 ta eng muhim elementi (foto)

Hamisha hashamatli ko‘rinishni ta’minlaydigan garderobning 7 ta eng muhim elementi (foto)


Zamonaviy ko‘rinish hosil qilish uchun ko‘p pul sarflash shart emas. Har doim dolzarb bo‘lgan va ularning haqiqiy narxidan qat’i nazar, obrazni mukammal qiladigan asosiy kiyimlar mavjud. Bunday kiyimlarni ham top-modellarning, ham tendensiyalarga ergashadigan qizlarning shkaflarida topish mumkinligi ajablanarli emas, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Qora sviter

Foto: “Noviy ochag”

Bu garderob uchun mutlaqo kerak bo‘lgan narsa. Qora sviter har doim hamma obrazga mos keladi, vizual ravishda qomatni yanada nozik qiladi va har qanday shim, yubka, kardigan, palto va kurtka bilan mukammal birlashadi.

Foto: “Noviy ochag”

Oq ko‘ylak

Foto: “Noviy ochag”

Oq ko‘ylaklar faqat ofis xodimlari uchun mo‘ljallanmagan. Bugunda ularning turli dizayndagisini topish mumkin. Shuningdek, oq ko‘ylaklarda rasmiy uchrashuv, do‘stlar bilan ziyofatga ham borish mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Djinsilar

Foto: “Noviy ochag”

Djinsi shimlar har bir ayol garderobida bo‘lishi kerak, turli holatlar uchun bir nechta juftliklar mavjud. Asosiysi, hozirgi modellarni tanlash. Bu mavsumda keng va klyosh djinsi shimlar urfda bo‘ladi.

Foto: “Noviy ochag”

Qaymoq rang ko‘ylak

Foto: “Noviy ochag”

Qaymoq rang ko‘ylaklar hamisha urfda. Uning yordamida yaratilgan obraz biznes uchrashuvlari va ijtimoiy tadbirlar uchun juda mos keladi. Qaymoq rang ko‘ylak uchun unga mos keladigan kurtka yoki qarama-qarshi rangdagi ustki kiyim tanlash mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Oversayz sviter

Foto: “Noviy ochag”

Oversayz sviterlar hech qachon urfdan qolmaydi. Ularning naqshli yokki oddiy dizayndagisi har qanday uslub uchun mos keladi.

Foto: “Noviy ochag”

Qaymoq rang trench

Foto: “Noviy ochag”

Hamma vaqt uchun klassik. Qaymoq rang trench palto oq futbolka yoki ko‘ylak, sviter, jinsi shimlar va kechki liboslar bilan mukammal ko‘rinadi.

Qora kostyum

Foto: “Noviy ochag”

Qomatga mos keladigan qora kostyumlar har qanday obrazga mukammallik baxsh etadi. Kostyumlarni djinsi, ko‘ylak yoki oddiygina toplar bilan ham uyg‘unlashtirish mumkin. Muhimi, u garderobdan o‘rin olgan bo‘lishi kerak.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!