Bosh sahifaAyollar uchunHech qachon urfdan qolmaydigan sumka modellari (foto)

Hech qachon urfdan qolmaydigan sumka modellari (foto)


Yangi dizaynerlik sumkasiga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqchi bo‘lganlar vaqt sinovidan o‘tgan modellarni ko‘rib chiqishi mumkin. Garderobda faqat chang to‘playdigan va birgina mavsum davomida urfda bo‘ladigan modellar tavsiya etilmaydi. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri yillar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan sumka modellarini taqdim etdi.

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Dior’dan tout-sumka

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Dior tout sumkalari tezda fransuz moda uyining eng taniqli modellaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, ushbu model o‘zlari bilan zarur narsalarni olib yurishni yaxshi ko‘radiganlar uchun juda qulay.

Chanel 2.55 sumkasi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Chanel tvidli sumkasi moda tarixidagi eng mashhur aksessuarlardan biri hisoblanadi va buning sababini tushunish qiyin emas. Agar hech qachon modadan qolmaydigan ajoyib sarmoyaviy modelni izlayotgan bo‘lsangiz, unda bu sumka aniq siz uchun.

Louis Vuitton NeoNoe charm sumkasi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Louis Vuitton tomonidan yaratilgan NeoNoe — bu haqiqiy afsona bo‘lib, u birinchi marta 1932-yilda shampan vinolarini tashish uchun yaratilgan. O‘shandan keyin sumka qalin qoplama bilan qayta ishlangan.

Hermes’ning Kelly sumkasi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Kelly — Hermesning eng mashhur modellaridan biridir. Ushbu sumkalarni deyarli topib bo‘lmaydi, bu faqat xaridorlarning qiziqishini kuchaytiradi.

Fendi’ning Baguette sumkasi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Fransuz nonining sharafiga nomlangan sumka imkon qadar yangilandi va o‘zgartirildi.

Prada’dan Sidonie sumkasi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Sidonie qisqa vaqt ichida o‘zining dizayni va noodatiy silueti bilan Pradaning yangi nafislik ramziga aylandi.

Bottega Veneta’ning Pouch klatchi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Bottega Veneta Pouch sumkasi klatchlarni urfga qaytardi. Nozik burmali bu aksessuar har qanday kiyimga mukammal qo‘shimcha bo‘ladi.

Burberry’dan tout sumka

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Ushbu Burberry tout-sumkasi kundalik ish uchun juda mos keladi.

Gucci Horsebit 1955 sumkasi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

1955-yilgi Horsebit sumkalari 2020-yilgi to‘plamda urfga qaytdi. Ushbu model italyan brendi bilan sinonimga aylanganligi sababli, bu aksessuar hech qachon urfdan chiqmasligi aniq.

Marni’dan kross sumka

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Marni kross-sumkasi ko‘p yillar davomida urfda bo‘lib kelgan va shuning uchun ham abadiy klassika deb hisoblangani ajablanarli emas.

Celine’dan yelkaga ilinadigan sumka

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Celine brendi hashamatli aksessuarlari bilan mashhur bo‘lib, yillar davomida o‘z egalarini xursand qiladi.

Off-White’dan Twist Jitney sumkasi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Agar siz har kuni zamonaviy hamroh izlayotgan bo'lsangiz, Off-White’dan Twist Jitney sumkasini tavsiya qilamiz.

Dolce & Gabanna Devotion sumkasi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Devotion sumkasi nafislik va funksionallikni o‘zida mujassam etgan san’at asaridir. Italiya brendining Humanitas universiteti bilan hamkorligi doirasida har kuni ushbu model sotuvining besh foizi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

3.1 Phillip Lim’dan Alix sumkasi

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Alix sumkasi 3.1 Phillip Limning klassikasi. Rostini aytganda, undagi ranglar har qanday ayol didiga mos keladi.

Jil Sander’dan kross-sumka

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Jil Sander yuqori sifat va minimalizmning timsoli bo‘lib, sumka modeli hamisha urfdaligi bilan boshqalaridan ajralib turadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!