Bosh sahifaAyollar uchunQanday qilib mukammal obraz yaratish mumkin: hamma uchun foydali bo‘ladigan layfxaklar (foto)

Qanday qilib mukammal obraz yaratish mumkin: hamma uchun foydali bo‘ladigan layfxaklar (foto)


Mukammal obraz haqida gap ketganda, mutaxassislar har doim “urf”, “chiroyli”, “zamonaviy”, “qimmat” tushunchalarini baham ko‘radi. Bu xususiyatlar uyg‘un tarzda birlashtirilishi yoki bir-biriga zid bo‘lishi mumkin. Wday nashri bu borada ayollar uchun foydali bo‘lgan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: Wday

O‘lchami mos kiyimlar

Bu juda muhim! Tanlangan kiyim qimmatbaho ko‘rinishning o‘ziga xos belgilaridan biridir. Agar yubka yoki bluzka kichkina, tor bo‘lsa, burmalar hosil qilsa, bu hatto eng qimmat kiyimning ham ko‘rinishiga putur yetkazishi mumkin.

Print

Foto: Wday

Printli liboslar bejirim bo‘lishi uchun avvalo, qomatni inobatga olish kerak. Ozg‘in va bo‘yi uzun ayollar uchun yo‘lak-yo‘lak va katta naqshli liboslar ayni muddao. To‘ladan kelgan xonimlar esa aksincha, mayda gulli to‘q rangdagi kiyimlarni tanlashi lozim.

G‘ijimlanmaydigan mato

Chiroyli obraz yaratishda matolarning ham ahamiyati katta. Masalan, tez g‘ijimlanadigan matolardan tikilgan liboslar har qanday joyda muammo tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun obraz yaratishda matolarning ushbu xususiyatini inobatga olish zarur.

Rang

Libos tanlashda yana bir muhim jihat shundaki, ranglarning uyg‘unligi. Rang nafaqat detallarga, balki libos egasiga ham mos tushishi ham kerak. Buning uchun mutaxassislar, albatta, yordam beradi.

Poyabzal va aksessuarlar

Qishda to‘q rangli modellar yorqin ranglardan qimmatroq ko‘rinadi. Shuningdek, qizki obraz yaratishda poyabzal va sumka yoki boshqa aksessuarni uyg‘unlashtirish mumkin.

Bezaksiz kiyimlar

Bu garderobdan faqat rasmiy liboslar o‘rin olishi kerak degani emas. Obraz yaratishda oltin o‘rtalikni hisobga olish zarur. Bu tashqi ko‘rinishni bachkanalikdan saqlaydi. Masalan, bezakli yaltiroq koftani oddiy bichimdagi yubka bilan birlashtirish mumkin.

Ipak bluzka

Ipak bluzka jozibadorlik va nafislik baxsh etadi. Qolaversa, garderob uchun ajoyib sarmoya.

Oq yoki kulrang kostyum va shim

Ushbu kombinatsiya hech qachon urfdan qolmasligi aniq. Neytral kulrang har doim trendda va har qanday ranglar bilan birlashtirilishi mumkin.

Palto

Qishki garderob uchun eng kerakli va foydali kiyim. Qaymoq yoki qora rangdagi palto har qanday joy uchun mos keladi. Qolaversa, to‘ladan kelgan yoki ozg‘in ayollar uchun ham ayni muddao.

Trench

Qimmatbaho obraz yaratishga yordam beradigan yana bir klassik kiyim. U hamma narsaga mos keladi va uning turli modeldagilarini xarid qilish mumkin.

Sumka

Sumka, albatta, mavsumga qarab tanlanishi zarur. Qish uchun ko‘proq to‘q rangli qattiq materialdan ishlangan sumka modeli tavsiya etiladi. Ushbu xususiyatga ega sumkalar kir bo‘lmaydi.

Soch turmagi

Ko‘pchilik uzun sochni yaxshi ko‘radi. Ammo uni parvarish qilish oson emas. Shuning uchun quruq, gullagan rangsiz sochlar tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi. Aksincha yaxshi soch turmagi obrazni butunlay o‘zgartiradi.

Manikyur

Har yili mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladigan manikyur g‘oyalari zamonaviy obraz yaratishga yordam beradi.

Sog‘lom ko‘rinish

Brend yoki narxga bog‘liq bo‘lmagan narsa: terisi yaxshi qo‘llar, yorqin sochlar, sog‘lom tishlar va husnbuzarsiz yuz terisi. Buning uchun garderobdan tashqari salomatlikka alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!