Bosh sahifaAyollar uchunIzg‘irinda qanday kiyinish kerak? Muzlab qolmaslik uchun 7 ta layfxak

Izg‘irinda qanday kiyinish kerak? Muzlab qolmaslik uchun 7 ta layfxak


Hech kimga sir emaski, ob-havoning keskin darajada sovib ketishi ko‘plab muammolarga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun har qanday ob-havoda ko‘chaga chiqishga tayyor bo‘lish va kasal bo‘lmaslik uchun issiq kiyimlarni to‘g‘ri kiyishni bilish kerak, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Sovuq havoda qavat-qavat kiyinish kerak. Ayoz qanchalik kuchli va tashqarida bo‘lish vaqti uzoq bo‘lsa, shunchaki, futbolka, issiq shim va sharfning o‘zi yetarli emas.

Asosiy qatlam

Birinchi qatlam termal ichki kiyim bo‘lib, sovuq havoda bu qishki garderobning eng muhim qismidir. Bugungi kunda yuqori texnologiyali sintetik matolar juda ko‘p afzalliklarga ega. Sintetika namlikni so‘rib oladi va keyingi kiyimning qatlamiga so‘riladi.

Foto: “Noviy ochag”

Termal ichki kiyimni bir juft leggins va yengi uzun issiq ko‘ylak bilan almashtirish mumkin. Kiyimning asosiy qatlami harakatga xalaqit bermasligi, harakatni cheklamasligi va hech qanday joyni qichishtirmasligi muhimdir.

Ammo paxta sovuq ob-havo uchun yaxshi fikr emas, chunki u yaxshi himoya qilmaydi, ayniqsa nam bo‘lsa. Agar faollik kuchli bo‘lsa, terlagandan so‘ng kiyimlarda namlik saqlanib qoladi. Natijada sovqotish yuzaga keladi.

Issiqlik izolyatori

Asosiy qatlamdan keyin izolyatsion qatlamga ega bo‘lish kerak, bunda issiqlik izolatsiyasi va ayni paytda namlik bug‘lanishi ta’minlashi lozim. Ya’ni birinchi qatlam namlikni ikkinchisiga o‘tkazsa, ikkinchisi uni tashqariga chiqarib tashlashi kerak, lekin issiqlikni yo‘qotmasligi juda ham muhim. Bu bug‘ molekulalarining bir vaqtning o‘zida o‘tishi va issiqlikni ushlab turishiga imkon beruvchi maxsus materiallar bilan ta’minlanadi.

Foto: “Noviy ochag”

Ustki qatlam

Uchinchi qatlamni kiyish tashqi ta’sirlardan himoya qilishi kerak: shamol, qor, yomg‘ir va hokazo. Bular maxsus membrana singdirilgan tashqi kiyim bo‘lib, ular suv tomchilarini o‘tkazmaydi. Natijada, tanadan namlik barcha qatlamlardan kiyim orqali o‘tadi.

Foto: “Noviy ochag”

Haddan tashqari sovuq sharoitlar uchun eng yaxshi variant: kurtka va shim bo‘lib, ular ikki qatlamdan iborat bo‘ladi. Ichki qismi par, ustki qismi suv va shamol o‘tkazmaydigan matodan tikiladi.

Oyoq va qo‘llarni issiq tuting

Nima kiyishdan qat’iy nazar, oyoq, qo‘llar va bosh orqali issiqlikni yo‘qotmaslik kerak. Faqat oyoqlar emas, balki to‘piqlar ham issiq bo‘lishi lozim. Shuning uchun kalta shim va ko‘ylaklardan voz kechish tavsiya etiladi. Ular tufayli oyoq-qo‘llardagi mikrosirkulyatsiya kamayadi. Organizmning yopiq qismlari va ochiq qismlari o‘rtasida harorat farqi yuzaga keladi. Natijada nafaqat teri, balki bo‘g‘imlar ham sovqotadi, bu esa to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlariga olib kelishi mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Eng yaxshi variant — ichi mo‘ynali suv o‘tkazmaydigan va shamolga chidamli matodan tikilgan qo‘lqoplar. Tabiiy materiallarli qo‘lqoplar, garchi qulay bo‘lsa-da, sovuqdan qutqarmaydi.

Yarim o‘lchamga katta poyabzal kiying

Foto: “Noviy ochag”

Muhim omil — bu poyabzalning o‘lchami. Oyoq kiyim kengroq bo‘lishi kerak. Barmoqlar qimirlay olmasa, oyoqlar issiq etikda ham tezda muzlab qoladi, so‘ngra qon aylanishi buziladi. Poyabzal uchun eng yaxshi izolyatsiyalardan biri bu tinsuleytdir. Pataklar ham muhim rol o‘ynaydi, u namlikni yutadi va oyoqlar quruq qoladi. Poyabzal qalin, ammo rezina bo‘lmasligi lozim, chunki rezina taglikli poyabzallardan tez sovuq o‘tadi.

To‘g‘ri bosh kiyim tanlang

Ayoz uchun yupqa bosh kiyim mos kelmaydi. Quloqlar va bo‘yinning orqa qismini qoplaydigan issiq qalpoq kiyish lozim. Sovuq va haroratning o‘zgarishi soch follikulalariga zarar yetkazadi. Yonoq va iyaklarni sharf bilan himoya qilish mumkin.

Sovuqda sharf yoki qo‘lqop orqali nafas olmang

Foto: “Noviy ochag”

Issiq tutish uchun og‘iz va burunni qo‘lqop yoki sharf bilan yopmaslik lozim. Bir necha daqiqadan so‘ng havo namligi ko‘tariladi, sharf va yuz namlanadi, natijada yuzning terisi yanada ko‘proq soviydi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!