Bosh sahifaAyollar uchunYozgacha unuting: qish mavsumi uchun tavsiya etilmaydigan 7 ta sumka modeli (foto)

Yozgacha unuting: qish mavsumi uchun tavsiya etilmaydigan 7 ta sumka modeli (foto)


Aksessuarlar har qanday obrazda muhim va deyarli asosiy rolni egallaydi. Ular tasvirni to‘ldirishi yoki putur yetkazishi ham mumkin. Sumka modeliga ham alohida e’tibor berish kerak: u nafaqat qulay bo‘lishi, balki butun kombinatsiyaga uyg‘un ravishda mos kelishi kerak. Marie Claire nashri sovuq mavsumda qaysi sumka modellaridan voz kechish kerakligi va ularni yozgacha garderobda qoldirishni ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Kross-bodi — gavdaning o‘rta qismidan taqiladigan sumkalar yoz mavsumi uchun ayni muddao. Ammo qishda undan foydalanish biroz muammolarga sabab bo‘ladi. Chunki par kurtka, qalin palto yoki boshqa qalin ustki kiyimlar ustidan ularni taqish noqulaylik tug‘diradi. Qolaversa, kiyim yuzasida burmalar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham mazkur model qish fasli uchun mos kelmaydi.

Foto: Marie Claire

Zanjirli sumka modellari, albatta, ajoyib dizayn bo‘lishi mumkin. Ammo qish fasli uchun emas. Birinchi navbatda, metall bezaklar sovuqda muzlaydi. Ikkinchidan, qish uchun biroz jiddiy modellar tavsiya etiladi. Bu kabi yorqin va nafis modellar bahor-yoz kolleksiyasiga tegishli.

Foto: Marie Claire

To‘qilgan sumka modellari asosan yoz oylari uchun ayni muddao. Chunki bu sayohat, dam olish yoki turli xil do‘stlar uchrashuviga mos keladi. Shuning uchun mavsumga ko‘ra, mazkur modelni qish faslida taqish tavsiya etilmaydi.

Foto: Marie Claire

O‘ta kichik hajmdagi sumka modellari qish uchun mos emas. Chunki qishda nisbatan qalin va keng kiyimlar kiyiladi. Bu kabi kichik hajmli sumkalar esa obrazga umuman mos kelmaydi. Qolaversa, qishda sumkada olib yuriladigan buyumlar ko‘payadi. Shuning uchun sovuq mavsumda katta hajmli sumkalar taqish yaxshiroq.

Foto: Marie Claire

Qish mavsumi uchun yorqin ranglarni moslash biroz qiyin. Chunki qishda ko‘proq to‘q va jiddiy ranglardan obrazlar yaratiladi. Bahor hamda yozda yorqin rangli liboslarga murojaat qilinadi va ularga mos ravishda och rangli sumka modellari tanlanadi. Mutaxassislar shuning uchun ham qishda yorqin rangli sumkalarni tavsiya etmaydi.

Foto: Marie Claire

Klassik modeldagi sumkalar ofis uchun ajoyib tanlov. Ammo uni ham qishki obrazlar uchun moslash muammo tug‘diradi. Yoki klassik sumkaga qarab, butun boshli obrazni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ularni taqishni biroz keyinroqqa qoldirgan ma’qul.

Foto: Marie Claire

Piston yoki boshqa bezaklar bilan boyitilgan sumka modellari ham issiq kunlar yoki biror bazm uchun mos kelishi mumkin. Lekin har kunlik foydalanishda bu kabi modellar noqulaylik tug‘diradi.

Foto: Marie Claire

Aslida yuqorida sanab o‘tilgan modellar qish uchun ham mo‘ljallangan, faqatgina ularni o‘z vaqtida, bayram, maxsus uchrashuv yoki kechalar uchun mo‘ynali yoki jun paltolar bilan uyg‘unlashtirish mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!