Bosh sahifaAyollar uchunSevimli sumkalarni to‘g‘ri saqlashga yordam beradigan layfxaklar

Sevimli sumkalarni to‘g‘ri saqlashga yordam beradigan layfxaklar


Hammasi sevimli sumkani xarid qilish bilan tugab qolmaydi. Eng muhim jarayon ushbu detalldan to‘g‘ri va uzoq muddat davomida foydalanish. “Noviy ochag” nashri bu borada ayollarga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Haftada bir marta sumkani sovunli suv bilan artish

Buning uchun biroz suyuq sovunni iliq suv bilan aralashtirib, yumshoq mato bilan sumkaning tashqi qismini hosil bo‘lgan aralashma bilan artib olish lozim. Shu orqali butun hafta davomida yig‘ilgan chang va kirni olib tashlash mumkin.

Sumkadagi namlikni tozalash

Sumkalar yuzasini suv ta’sirida yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Tozalash uchun nam salfetka, sirka yoki boshqa kuchli vositalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu mahsulotlarning barchasi agressiv kimyoviy tarkib bilan ajralib turadi, natijada ular rangni buzishi, terini quritishi va boshqa ko‘plab noxush muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Dog‘larni tozalash uchun maxsus xizmatlardan foydalanish

Sumka yuzasidagi dog‘lar sovunli suv bilan chiqmaydigan bo‘lsa, uni kimyoviy tozalash markaziga olib borishdir. Agar vaziyat shunday bo‘lsa, ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘rganib chiqqandan tozalash jarayonini amalga oshirish mumkin.

Sumkaning shaklini saqlab qolish

Buni qilish juda oson — shunchaki eski futbolkalarni sumka ichiga joylash mumkin. Ammo gazeta va jurnal sahifalarini joylash uning bo‘yog‘ini sumka astarda iz qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yog‘li dog‘larni suv bilan yuvmaslik

Ularni sumkaning teri yuzasidan yumshoq va quruq mato bilan artib ko‘rish tavsiya etiladi.

Maxsus parvarishlash vositalaridan foydalanish

Maxsus parvarishlash vositalaridan foydalanishdan oldin ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib chiqish lozim. Chunki bunday vositalar ham arzon bo‘lmaydi, qolaversa, sumkaga ham zarar yetkazmaslik lozim.

Muayyan charm turiga mo‘ljallangan mahsulotlardan foydalanish

Sababi zamsh va charm uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning tarkibi bir xil emas. To‘g‘ri parvarish qilish mahsulotlarini tanlash sumkalar uchun muhimdir.

Ishlatishdan oldin har doim mahsulotni sinab ko‘rish

Buni sumkaning ko‘rinmaydigan ichki qismida amalga oshirish mumkin.

Qo‘l kremini surtgandan keyin sumkaga tegmaslik

Aks holda yog‘li dog‘larni tozalash uchun keyingi xarajatlar paydo bo‘ladi.

Chang haqida unutmaslik

Sumkalardan foydalanmagan holda ham chang va kirdan saqlashni inobatga olish kerak. Bu ham sumkaning dizayni va materialiga bog‘liq.

Tasma va sharflardan foydalanish

Tasmalar nafaqat dekorativ funksiya, balki tutqichlarni kir bo‘lishdan ham himoya qiladi. Doimiy ravishda sumkaning tutqichlarini tasma va sharflar bilan o‘rash shart emas, lekin vaqti-vaqti bilan bu aksessuar teri yuzasiga dam beradi va shu bilan birga dizaynga yangilik kiritadi.

Sumkani to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri ostida qoldirmaslik

Quyosh rangning o‘zgarishiga va hatto sumkaning yuzasiga zarar yetkazishi mumkin.

To‘q rangli kiyimlar bilan ochiq rangli sumkalar taqmaslik kerak. Kiyim ishlab chiqarishda ishlatilgan bo‘yoq sumkada dog‘ qoldirishi mumkin. Ularni tozalash hatto professionallar uchun ham oson bo‘lmaydi.

Yumshatuvchi sovun yoki poyabzal laklaridan foydalanish

99,9 foiz imkoniyat bilan bunday mahsulotlardan foydalanish sumkaga zarar yetkazadi.

Yomon hidlar uchun atir va aerozollardan foydalanish

Agar sumkadan yomon hid chiqsa, uning sababini aniqlashga harakat qilish lozim. Qolaversa, quruq tozalash ham yordam berishi mumkin, ammo sumkaga atir va aerozollarni sepish tavsiya etilmaydi.

Yoqimsiz hiddan qutulish uchun qabartmadan foydalanish

Noxush hidlarga qarshi kurashda qabartma yordamga keladi. Ochilgan qabartma sumka ichiga solinadi, keyin u 24 soatga qoldiriladi. Ushbu qoidalar sumkaning uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!