Bosh sahifaAyollar uchunBelni semiz ko‘rsatadi, qomatga putur yetkazadi: qishki obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 4 ta asosiy xato

Belni semiz ko‘rsatadi, qomatga putur yetkazadi: qishki obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 4 ta asosiy xato


Sovuq mavsumda qomatning kamchiliklarini yashiradigan kiyim tanlash juda qiyin. Aksariyat liboslar mukammal qomatga ham putur yetkazishi mumkin. Sevimli sviter to‘la ko‘rsatadi, djinsi shimlarda vazn ortgandek tuyiladi va kurtkalar ham xuddi shunday ko‘rinishni beradi. Qishda zamonaviy va mukammal obraz yaratish uchun The Voice Mag nashri sanab o‘tgan 4 ta xatoni takrorlamaslik tavsiya etiladi.

Foto: The Voice Mag

Yozda yaxshi ko‘rinish kuz va qishga qaraganda ancha oson. Chindan ham yoqimli sarafan va oyoq kiyimlarni tanlashda xato qilmaslik mumkin, ko‘ylak va oddiy krossovkalar bilan kombinatsiya odatda har doim yordam beradigan tejamkor uslubdir. Ammo qishki kiyimlar bilan shug‘ullanish muammo bo‘lib, uning noto‘g‘ri yechimi katta xatolarga olib keladi.

Qavat-qavat kiyinish

Qishda issiq kiyinish kerak, shuning uchun shimlar bilan birgalikda kolgotkilar kiyiladi. Agar ular noto‘g‘ri tanlansa, xunuk ko‘rinishi tabiiy. Masalan, shimning tepasida burmalar paydo bo‘ladi. Bunday xatolikka yo‘l qo‘ymaslik uchun oddiy qoidani qo‘llash lozim. Qavat-qavat kiyinish uchun yupqaroq kolgotki tanlash kerak. Shundagina djinsi yoki boshqa matoli shim o‘z ko‘rinishini saqlab qoladi.

Sviterlar

Trikotaj sviter va jemperlar ideal qishki kiyim hisoblanadi. Ularni klassik shim, djinsi, yubka, ko‘ylaklar bilan birlashtirish uchun 2-3 ta modelni olish kifoya. Ular mukammal obraz yaratishga yordam beradi, faqat to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa. Ya’ni agar yengil sport modeli bo‘lsa, tashqi ko‘rinishi muammo tug‘dirmaydi. Ammo to‘qilgan, qo‘l qismi keng bichilgan bo‘lsa, u qomatni ancha to‘la ko‘rsatishi shubhasiz.

Palto ostidagi uzun liboslar

Bo‘yni vizual ravishda qisqartiradigan yana bir xato — bu kiyimning bir-biriga mos bo‘lmagan uzunligi. Palto tagidan chiqib turadigan uzun ko‘ylak yoki yubka tartibsiz ko‘rinadi. Shu bilan birga bo‘yni past va qomatni semiz ko‘rsatadi.

Keng ko‘ylaklar

Chiroyli va uyg‘un obrazning yana bir dushmani — bu tugmasiz ko‘ylak. Qishda biror sviter ustidan keng ko‘ylaklarning tugmasini ochib yurish unchalik ham mos emas. Bunday uslub yoz uchun mo‘ljallangan. Sovuqda esa bunday obraz nafaqat qomatga putur yetkazadi, balki noqulaylik ham tug‘diradi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!