Bosh sahifaAyollar uchunHashamatli hamda zamonaviy obraz yaratish uchun sinab ko‘rish tavsiya etiladigan 5 ta kombinatsiya (foto)

Hashamatli hamda zamonaviy obraz yaratish uchun sinab ko‘rish tavsiya etiladigan 5 ta kombinatsiya (foto)


Ko‘pchilik moda olami vakillari qanday qilib doimo hashamdor va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishiga hayron qoladi. Aslida esa ularning aksariyati har qanday vaziyatda yordam beradigan oltin qoidalarga amal qiladi va liboslarning mukammal kombinatsiyasiga murojaat qiladi. Marie Claire nashri ham bu borada asqatadigan foydali maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Oversayz jaket va djinsi shim eng qulay ham ajoyib kombinatsiyalardan biri sifatida garderobdan joy olgan. Ushbu uslub har kunlik yoki muhim uchrashuvlar uchun ham mos keladi. Masalan, shunchaki futbolka va krossovka yordamida sport uslubi yaratilsa, kofta hamda poshnali tufli yordamida butunlay rasmiy ko‘rinishni hosil qilish mumkin.

Foto: Marie Claire

Kuz faslini midi uzunlikdagi liboslar mavsumi desa ham bo‘ladi. Aynan ushbu uzunlikdagi liboslar uchun esa poshnali etiklar ayni muddao. Bunday ko‘ylaklarning trikotajini ham topish mumkin. Obrazga mos keluvchi detallar, masalan, katta toshli marjonlar tashqi ko‘rinish hamda kombinatsiyani yanada mukammallashtiradi.

Foto: Marie Claire

Xarid yoki sayr uchun chiqqanda aynan ushbu obrazni takrorlash mumkin. Bu kabi ko‘rinish nafaqat zamonaviy, balki qulay hamdir. Leggins, svitshot va krassovka kombinatsiyasi har qanday ayol garderobidan o‘rin olishi kerak.

Foto: Marie Claire

Kostyum va shim kombinatsiyasi kuz kirib kelishi bilan urfga aylanadi. Ushbu klassik uslubni hozirda turli oyoq kiyimlar bilan birlashtirish mumkin. Masalan, krossovka, poshnali poyabzal. Ustki kiyimlar ham shu ma’noda obrazga putur yetkazmaydi. Yaratilgan obraz esa aynan bir joy uchun mo‘ljallanmagan. Bunday ko‘rinish bilan uchrashuv, majlis yoki sayohatga ham chiqish mumkin.

Foto: Marie Claire

Keng bichimli yoki klyosh shimlar ayollar garderobining asosiy qismiga aylandi. Avvalgidek qomatga urg‘u beruvchi liboslar esa ba’zida tantanalar uchungina kiyilmoqda. Aksariyat ofisda faoliyat yuritadigan ayollar ham qulaylik va zamonaviylik tarafdori. Shuning uchun ham ular oddiy klassik kostyum, keng shim, futbolka va krossovkani uyg‘unlikda kiyishga qaror qilmoqda.

Foto: Marie Claire

Mavzuga doir:

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!