Bosh sahifaAyollar uchunSharflarni kiyim bilan uyg‘unlashtirishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato

Sharflarni kiyim bilan uyg‘unlashtirishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato


Sharf ham muhim, ham bir qarashda ko‘rinmas aksessuar bo‘lib, aslida har qanday obrazni to‘ldirishi yoki buzishi mumkin. Marie Claire nashri ayollar sharf tanlashda muntazam ravishda yo‘l qo‘yadigan xatolarni sanab o‘tdi.

Foto: Marie Claire

Qalin ipdan to‘qilgan tayyor aylana shaklidagi sharflar issiq bo‘lishi mumkin, ammo u bo‘yinni vizual ravishda qisqa qilib ko‘rsatadi. Agar ushbu dizayndagi sharflar ma’qul kelsa, shunchaki ularni ingichka ipdan to‘qilganlarini tanlash tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire

Juda ingichka va yupqa sharflar ham deyarli obrazni to‘ldirmaydi. Qalinligi va kengligi o‘rtacha o‘lchamda bo‘lgan sharflarni kurtka yoki palto ustidan o‘rash yoki shunchaki tashlab olish ko‘proq qishki obraz uchun mos.

Foto: Marie Claire

Juda uzun sharflar bo‘yni ikki marotabaga past ko‘rsatishi bilan birga, noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, gavdaning deyarli yarmini to‘sib turadigan uzun sharflar qishki obrazga mukammallik baxsh etmaydi.

Foto: Marie Claire

Sharf odatdan bosh kiyim bilan uyg‘unlashishi kerak. To‘g‘ri, hozir avvalgidek sharf va bosh kiyimi bir to‘plam bo‘lishi shart emas. Shunchaki, ular mato, rang yoki dizayn jihatidan bir-biriga mos kelishi lozim.

Foto: Marie Claire

Sharf rangi kiyim yoki bosh kiyimi bilan mos kelishi kerak. Kundalik obrazda makiyajsiz yuradigan xonimlar yorqin va barchani e’tiborini tortadigan ranglarni cheklagani ma’qul. Buning uchun klassik ranglar tavsiya etiladi, ular har qanday obrazga to‘g‘ri keladi.

Foto: Marie Claire

Naqsh va yozuvli sharflar urfda. Ammo tanlangan obrazni ham inobatga olish zarur. Bu kabi sharflarni tanlagan xonimlar libosining sodda va ortiqcha bezaklarsiz bo‘lishini unutmasligi lozim.

Foto: Marie Claire

Bitta sharfni har qanday uslubdagi kiyim bilan uyg‘unlashtirib bo‘lmaydi. Klassik uslublar uchun odatda ipak, kurtkalar uchun esa jun yoki to‘qilgan sharflar to‘g‘ri keladi.

Foto: Marie Claire

Sharflarni mavsumga va ob-havoga qarab tanlashni unutmaslik lozim. Qish uchun qalin, bahor va kuz uchun esa biroz kalta va yupqa sharflar xarid qilish tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire

Sharf tanlashda yana bir muhim jihat — bu sifatdir. Sifatsiz sharflar tezda katishka bo‘lib ketadi, natijada har qanday shohona obrazga putur yetkazadi.

Foto: Marie Claire

Sharf taqishni ham inobatga olish zarur. Ularni murakkab tarzda o‘rab olish shunchaki bachkana ko‘rinish hosil qiladi. Hozirda sharflarni bo‘yinga tashlab olish yoki klassik uslubda o‘rab olish urfda.

Foto: Marie ClaireManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!