Bosh sahifaAyollar uchunKurtka, palto va sviter: Qishki garderobga qanday qilib to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilish kerak?

Kurtka, palto va sviter: Qishki garderobga qanday qilib to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilish kerak?


Kuz fasli kelishi bilan garderob asta-sekin qalin va issiq kiyimlarga to‘la boshlaydi. “Noviy ochag” nashri ularga qanday qilib to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Kurtkalar

Ichi pat bilan to‘ldirilgan kurtkalarni mavsumda ikki marta yuvish tavsiya etiladi. Ammo bundan ortiq yuvish ularga zarar yetkazadi, ichidagi patlar shunchaki sinib, maydalanib ketadi. Shuningdek, ularni oqartiruvchi vosita bilan sovuq suvda yuvish kerak.

Agar bunday kurtkalar yuvilgandan keyin o‘z shaklini yo‘qotgan bo‘lsa, uni kir yuvish mashinasida uchta toza tennis to‘pi bilan quritish mumkin. Bordi-yu, bir marta quritish yetarli bo‘lmasa, jarayonni davom ettirish mumkin.

Flisali kiyimlar

Flisa matosi alohida e’tibor talab qiladi. Undan tikilgan kiyimlar 6-7 marta kiyilganidan keyin yuvilishi kerak. Mato yumshoq bo‘lishi uchun kiyim ichki tomonga aylantiriladi va bir xil rangdagi narsalar bilan yuviladi. Barcha yuvish vositalarini yaxshilab ketkazish uchun qo‘shimcha chayish rejimidan foydalanish tavsiya etiladi. Qolaversa, ushbu mato uchun konditsioner vositalardan foydalanmaslik lozim, chunki ular flisaning  xususiyatlarini pasaytiradi.

Shapka, sharf va qo‘lqoplar

Shapka, sharf va qo‘lqoplarni mavsumda 3-5 marta yuvish kifoya. Ko‘pchilik jun aksessuarlarini to‘g‘ri parvarish qilishga unchalik ahamiyat bermaydi. Ammo teri sekretsiyasi, parfyumeriya, kosmetika, bakteriyalar va mikroblar doimo qo‘lqop, shlyapa va sharflarda to‘planadi. Shuning uchun ularni iloji boricha tez-tez yuvish kerak, jun narsalarni qo‘lda, charm qo‘lqoplarini kimyoviy tozalashga yuborish kerak.

Shuningdek, hech qachon qo‘lqoplarni cho‘ntakda qoldirmaslik lozim. Ular qo‘llardan namlikni yutadi, shuning uchun qo‘lqoplar yaxshi quritilishi kerak, aks holda aksessuar hidlana boshlaydi.

Zamsh va charm kurtkalar

Zamsh va charm kurtkalarni qish mavsumida bir marta yuvish mumkin. Darhaqiqat, charm mahsulotlarini yuvib bo‘lmaydi, lekin ularni kimyoviy tozalashga topshirish kerak. U yerda maxsus vositalar yordamida individual dog‘lardan xalos bo‘lish mumkin. Zamsh mahsulotlarini maxsus cho‘tka bilan tozalash mumkin.

Shim va yubkalar

Qalin shim va yubkalar bir mavsumda 5-7 martagacha yuviladi. Issiq qishki matolar aslida tez-tez yuvishni talab qilmaydi. Chunki ularni uyda yuvish juda qiyin, shuning uchun kimyoviy tozalashga berish tavsiya etiladi.

Jun paltolar

Qish mavsumida jun paltoni ikki marta yuvish tavsiya etiladi. Ammo mavsum yakunida ularni, albatta, kimyoviy tozalashga berish lozim. Paltodagi chang va kirni tozalash uchun esa muntazam ravishda cho‘tkadan foydalanish mumkin. Palto yoqasi va manjetlarni yumshoq mato va suyuq sovun bilan artib turishni unutmaslik muhim. Paltolar yoqimsiz hidlarni yutib yubormasligi uchun ularni shkafga emas, balki havo aylanib yuradigan joylarga osib qo‘yish kerak.

Sviterlar

Sviterlarni holatidan kelib chiqib, 2-3 marta kiygandan keyin yuvish mumkin. Paxta, ipak va kashmir kabi nozik matolarni 2-3 martadan keyin yuvish kerak. Jun, akril va polyester sviterlarni uzoqroq kiyish mumkin. Aytgancha, jun kir, chang va suyuqliklarni qaytarish uchun tabiiy xususiyatga ega. Qanday bo‘lmasin, ularni yuvishda doimo yorliqdagi ko‘rsatmalarga amal qilish lozim. Bundan tashqari, sviterlarni qo‘lda yuvish xavfsizroq, agar imkon bo‘lsa kimyoviy tozalashga bergan ma’qul.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!