Bosh sahifaAyollar uchunUstki kiyim bilan obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato

Ustki kiyim bilan obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato


Pidjak, paltolar va boshqa ustki kiyimlarni tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak: ustki kiyim — bu garderobning eng muhim elementlaridan biridir. Marie Claire nashri ayollar ko‘pincha yo‘l qo‘yadigan xatolar haqda so‘z yuritdi.

Foto: Marie Claire

Ustki kiyim garderobdagi eng qimmat buyumlardan biridir. Shuning uchun bu narsa bir mavsumdan ko‘proq vaqt davomida xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa, avvalo, kiyimni qanday tanlashni bilish kerak, eng muhimi, uslubni buzadigan xatolardan qanday qochish kerak.

Foto: Marie Claire

Agar palto, plash, kardigan va shunga o‘xshash uzun ustki kiyimlar tanlash kerak bo‘lsa, ularni imkon qadar boldir qismiga tushadiganini olish tavsiya etiladi. Bunday uzunlikdagi ustki kiyimlar yubka, ko‘ylak, shim yoki boshqa kombinatsiya bilan ham ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi.

Foto: Marie Claire

Ustki kiyim tanlashda rang alohida ahamiyatga ega. Keyingi mavsumda qanday rang urfda bo‘lishi mavhum masala. Shuning uchun ularni neytral rangda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Oq, qora, qaymoq rang, kulrang, jigarrang yoki to‘q ko‘k kabi qalin ustki kiyimlar uzoq muddat davomida ko‘zga tashlanmaydi.

Foto: Marie Claire

Keng yoqalar, burmali bezaklar va turli xil bichimdagi ustki kiyimlarga ham kamroq ustunlik berish kerak. Chunki mavsum mobaynida turli xil uslublar urfga kiradi. Klassik uslublar esa hamisha tendensiyaga muvofiq ravishda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Mutaxassislar bu masalada ko‘proq oddiy bichimdagi klassik ustki kiyimlarni tavsiya etadi.

Foto: Marie Claire

Ustki kiyimlardan joy olgan yirik tugma, zamok yoki belbog‘ ham obrazga putur yetkazishi mumkin. Sababi ular libosning qiymatini tushiradi. Yaxshisi, ustki kiyim tanlaganda qo‘shimcha detallari bo‘lmagan modellarni tanlash obrazni yanada boyitadi.

Foto: Marie Claire

Ustki kiyim naqshlarini ham bu borada e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Sababi ko‘ylak yoki yubka naqshli bo‘lsa, ustki kiyimlar ulardan xoli bo‘lgani ma’qul. Obraz yaratishda barcha kiyimning naqshlisiga ustunlik berish bachkanalikni keltirib chiqaradi.

Foto: Marie Claire

Shuningdek, palto yoki boshqa ustki kiyimlar imkon qadar tabiiy matodan tikilgan bo‘lishi lozim. Chunki ular qishda issiq tutadi. Sintetika, charm yoki boshqa turdagilari shunchaki chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin xolos.

Foto: Marie Claire

Uzoq muddat urfda bo‘lgan kurtkalar bir-ikki mavsumdan keyin o‘z ko‘rinishini yo‘qota boshlaydi. Shuning uchun ichki qismi pat yoki par bilan to‘ldirilgan qishki kiyimlardan qochish kerak. Bu kabi kurtkalarni tanlashda tabiiy vositalardan tayyorlangan kiyimlar uzoq vaqt xizmat qiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!