Bosh sahifaAyollar uchunHar qanday libos bilan mukammal ko‘rinishga yordam beradigan oyoq kiyim modellari (foto)

Har qanday libos bilan mukammal ko‘rinishga yordam beradigan oyoq kiyim modellari (foto)


Har qanday garderobga mos keladigan yozgi obraz uchun maxsus formula bormi? Albatta, ha. Keng yubkalar, to‘g‘ri bichimdagi ko‘ylak va sarafanlar issiq mavsum uchun ham mukammallik ham qulaylikni ta’minlaydi. Ammo har qanday kiyim uchun to‘g‘ri poyabzal tanlash kerak bo‘ladi, bu esa zamonaviy obrazning ajralmas bir qismidir. Marie Claire nashri qaysi modeldagi oyoq kiyimlar har qanday uslubdagi liboslar bilan mos kelishini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Nafis, bejirim hamda kichik poshnali poyabzal modellari har qanday joyda ko‘ylaklar bilan mos keladi. Kun davomida ular kiyimga romantik ko‘rinish qo‘shib, obrazni yanada to‘liq va mukammal ko‘rsatadi. Mazkur mavsumda 90-yillar uslubidagi kichik poshnali poyabzal yoki shisha tovonli modellarga ustunlik berish mumkin. Klassik, qora, oq yoki qaymoq ranglardagi bunday poyabzal har qanday kiyimga mos keladi.

Foto: Marie Claire

Qalin taglikli sandallar yubka, ko‘ylak hamda klyosh shimlar bilan ajoyib uyg‘unlikni kasb etadi. Ushbu poyabzal ayollarga yanada erkinlik va qulaylik tug‘diradi. Qo‘pol poyabzallar yengil yozgi liboslar bilan mukammal tarzda ajralib turadi, bu uslublarning aralashmasiga erishishga yordam beradi. Sandallarni xarid qilishda ularni har qanday libos bilan moslash uchun universal ranglarga e’tibor berish tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire

Kechki liboslar, bayram kostyumlari yoki rasmiy uslub uchun klassik tuflilar mos keladi. Bu poyabzal qora yoki qaymoq rang bo‘lishi mumkin. To‘piq sohasi bilan kiyiladigan poshnali tuflilar tabiiy ravishda obrazni yanada hashamatli ko‘rsatadi, shuningdek, bunday poyabzal kiygan ayolda dadillik hamda o‘ziga ishonch ortadi.

Foto: Marie Claire

Anjelina Jolining har doim liboslar bilan uyg‘unlashtirgan sevimli poyabzali. Baletkalar ushbu mavsumda yana urfga qaytdi, ya‘ni ular yana garderobdan o‘z o‘rnini egalladi. Qulay hamda ko‘p qirrali baletkalar turli xil liboslar bilan zamonaviy ko‘rinadi, ko‘ylaklar bilan romantik va nafis ko‘rinishga erishish mumkin.

Foto: Marie Claire

Ko‘plab zamonaviy ayollar nafis liboslar bilan qarshi uslubdagi oyoq kiyimdan kombinatsiya hosil qilishni yoqtiradi. Masalan, krossovka yoki kedalar bilan. Bu yanada qulayroq va tasodifiy ko‘rinishga olib keladi, unda kun bo‘yi shahar bo‘ylab sayr qilish va festival yoki ziyofatda ertalabgacha raqsga tushish mumkin.

Foto: Marie Claire

Ko‘pchilik yozda yopiq poyabzal kiyishni xohlamaydi. Ammo yulduzlar va moda ixlosmandlarining eng ajoyib qiyofasini eslang — ular yozgi kiyimlarni kuzgi etiklar bilan birlashtirishni yaxshi ko‘radi. Qalin taglikka ega etiklardan yozgi obraz yaratish yoz mavsumida ham yog‘ingarchilik kuzatiladigan mamlakatlarda ayni muddao.

Foto: Marie ClaireManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!