Bosh sahifaAyollar uchunEtik xarid qilishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Etik xarid qilishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?


Havo salqinlashishi bilan ko‘chada yosh xonimlar issiq poyabzal va etik kiyishga o‘tadi. Ammo hamma ham ushbu qishki oyoq kiyimni tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilmaydi. Xo‘sh, etiklar qanday bo‘lishi kerak? Aniqrog‘i, ular qanday bo‘lmasligini bilish muhim. The Voice Mag nashri ushbu poyabzalga xos bo‘lgan eng mashhur xato va kamchiliklarni haqda so‘z yuritdi.

Foto: The Voice Mag

Material

Etiklar poyabzal yoki botinkalarga qaraganda ancha katta. Shuning uchun material bu yerda juda muhim rol o‘ynaydi. Asl teri har doim ham yaxshi tanlov emas. Chunki ular arzon va tabiiydek ishlangan o‘rinbosarga qaraganda yomonroq va qo‘polroq ko‘rinishi mumkin.

Foto: The Voice Mag

Zamsh har doim charmga qaraganda ancha yaxshi ko‘rinadi. Ammo har qanday ob-havo ham ushbu materialga mos kelmaydi va unga g‘amxo‘rlik qilish bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Haqiqatan ham agar zamshga maxsus suv o‘tkazmaydigan himoya vositalari bilan to‘g‘ri ishlov berilsa, u qor va yomg‘irda ham o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi.

Bezak

Foto: The Voice Mag

Etiklar haqida gap ketganda, aksariyat hollarda bezakning umuman yo‘qligi yaxshiroqdir. Eng mashhur elementlardan biri — etikning butun uzunligi bo‘ylab o‘rnatilgan zamokdir. Ko‘pincha u qora bo‘lib, deyarli sezilmaydi. Ammo bundan ortiq detallar bilan bezatilgan etiklar xarid qilish tavsiya etilmaydi.

Poshna

Etiklarning vazifasi birinchi o‘rinda oyoqni sovuqdan himoya qilishdir. Shuning uchun u imkon qadar qulay bo‘lishi kerak. Ammo qor va yomg‘irda kiyishga mo‘ljallangan etiklarning ingichka poshnasi bunga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Foto: The Voice Mag

Albatta, ingichka poshnalar bilan yaxshi ko‘rinadigan modellar bor, lekin ular ko‘pincha ularda harakatlanish qiyin. Shuning uchun kundalik uchun tag qismi tekis yoki qalin poshnali modelda to‘xtalgan ma’qul.

Uzunlik

Foto: The Voice Mag

Etikning uzunligi juda katta rol o‘ynaydi, ayniqsa, juda nozik model oyoqlari egalaridan biri bo‘lmasangiz. Uzun etiklar hamma uchun ham mos kelavermaydi, shuningdek, kiyimlar ham bu borada katta ahamiyatga ega. Odatda oyoqlari uzun qizlar uchun uzun etiklar ayni muddao. Ammo bo‘yi past qizlar uchun mutaxassislar bu kabi etiklarni tavsiya qilmaydi.

Siluet

Foto: The Voice Mag

Ayrim etiklar standart shaklda bo‘lganligi uchun ham barchaga birdek mos kelavermaydi. Shuning uchun etik tanlashda reklamalarga aldanib qolmaslik lozim. Masalan, bugungi kunda ko‘pchilik onlayn do‘konlardan xaridni amalga oshiradi. Lekin bu usul etik va boshqa kiyimlar uchun mos emas. Sababi siz reklamada ko‘rgan etik hayotda umuman boshqacha ko‘rinish hosil qilishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha etik tanlashda garderobdagi qishki kiyimlar va o‘z didingizdan kelib chiqib, qulay, issiq, chidamli va eng muhimi hamyonbop narxdagisini tanlash tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!