Bosh sahifaAyollar uchunGarderobdagi o‘rnini yangilariga bo‘shatishi kerak bo‘lgan eskirgan oyoq kiyim modellari (foto)

Garderobdagi o‘rnini yangilariga bo‘shatishi kerak bo‘lgan eskirgan oyoq kiyim modellari (foto)


Urfga hamisha ham rioya qilib bo‘lmaydi, chunki poyabzalning yangi modellari doimo paydo bo‘ladi. Albatta, bu garderobdan hamma narsani olib tashlab, har mavsumda yangisini sotib olish kerak degani emas. Ammo hozir trendda bo‘lmagan narsani bir chetga surib, yangi narsaga diqqat qaratish mumkin. Aytgancha, bir necha yil oldingi poyabzallar bugungi kunda juda mashhur bo‘lishi mumkin. AdMe nashri ta’tilga chiqishi kerak bo‘lgan poyabzal modellarini taqdim etdi.

Qo‘pol hamda harbiy uslubdagi etiklar modeli eskirgan. Ularni hozircha kiymaslik mumkin, shuning uchun do‘konlardagi yangi mahsulotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Misol uchun, kovboy etiklari yana trendda.

Foto: AdMe

Rezina etiklar hozir urfda emas. Ular oddiyligi bilan zamonaviy trenddan ortda. Rezina etiklarning zamonaviy modellarini moda uylarining kolleksiyalarida ham topish mumkin.

Foto: AdMe

Misol uchun, bunday modelni hip-hop san’atkori Cardi B va reper Ofset tanladi.

Foto: AdMe

2022—2023 yilgi mavsumda yuqori qismi yopishib turadigan tufli va etiklar urfda bo‘lmaydi. Ularning o‘rnini avvalroq eskirgan yuqori qismi charmli etiklar egallamoqda.

Foto: AdMe

Bir vaqtlar mo‘ynali qo‘shimchalar moda poydevorining tepasida edi. Bugungi kunda mo‘ynasi yetarli darajada ko‘p bo‘lgan modellar dolzarbdir: u qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha zamonaviy.

Foto: AdMe

Ko‘pchilik tomonidan sevib kiyiladigan krossovka modellari ham o‘zgarishlarga uchraydi. Katta platformadagi poyabzallar o‘zlarining moda pozitsiyalarini yo‘qotmoqda. Endi o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligi uslubida poyabzal kiyish ko‘proq urfda.

Foto: AdMe

Bunday modellar ko‘proq garderobda shunchaki chang to‘plashi mumkin.

Foto: AdMe

Aksariyat ayollarning garderobida old qismi dumaloq shaklli etiklar bor, lekin ular 2022—2023 yil kuz-qish mavsumida trendda bo‘lmaydi. Biroq bu ularni tashlab yuborish vaqti keldi degani emas. Ba’zi uslublar uchun moda tez-tez qaytib keladi, shuning uchun bu etiklar bir necha mavsum davomida yana urfga qaytishini kutish lozim.

Foto: AdMe

Ko‘pchilik kvadrat poshnani yaxshi ko‘radi. Chunki ushbu model harakatlanish uchun juda qulay. Lekin qulaylik bilan birgalikda urfda bo‘lish ham muhim masala. Shuning uchun mazkur modelni vaqtincha yangilari bilan almashtirish tavsiya etiladi.

Foto: AdMe

Stilistlar burmali etiklardan ko‘ra aniq siluetli modellarni afzal ko‘rishni maslahat beradi. Bundan tashqari, ushbu uslub uchun obraz tanlash osonroq: masalan, ularni mini yubka va katta hajmli sviter bilan kiyish mumkin.

Foto: AdMe

Kuzning iliq kunlarida lofer kiyish mumkin, ammo poshnasiz uslub moda standartlariga ko‘ra eskirgan. Bundan tashqari, ochiq loaferlarni sotib olmaslik kerak, chunki klassik modellar kuz mavsumi uchun qulay.

Foto: AdMeManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!