Bosh sahifaGoʼzallikAbadiy klassika: malika va birinchi xonimlarning hech qachon urfdan qolmaydigan 6 ta soch turmagi

Abadiy klassika: malika va birinchi xonimlarning hech qachon urfdan qolmaydigan 6 ta soch turmagi


Chiroyli va mukammal soch turmagi hech qachon urfda bo‘lishdan to‘xtamaydi. Abadiy klassikaga aylangan soch turmaklarini malika va birinchi xonimlar misolida ko‘rish mumkin. Marie Claire nashri ularning bir nechtasi bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Malika Diana

Foto: Marie Claire

Afsonaviy Di xonimning soch turmagi o‘tgan asrda eng mashhurlaridan biriga aylandi. Di xonim o‘zining sochini ishonib topshirgan birinchi sartaroshlardan biri yosh mutaxassis bo‘gan. Ammo 17 yoshli yosh Daltonning ma’lum qilishicha, qiz o‘ta band ish kuni tufayli uning doimiy mijoziga aylanmadi. Shu sababli, boshqa sartarosh — Kevin Shenli chaqirildi.

Sartarosh malika sochlarining rangi va tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda uni qirqib tashladi. U bir xil qatlamli soch turmagini chap tomonga ajratdi, keyinchalik bu juda mashhur bo‘ldi. Kevin Diananing go‘zalligi va uning yuz xususiyatlarining uyg‘unligini samarali ta’kidlay oldi.

Jaklin Kennedi 

Foto: Marie Claire

2022-yilda ham bob soch turmagi mashhurlik cho‘qqisida. Jaklin Kennedining o‘ziga xos hajmli, jingalak soch turmagi uning tashqi ko‘rinishini yanada boyitgan. AQSH birinchi xonimining sevimli soch turmagi muallifligi amerikalik sartarosh Kennet Bettelga tegishli. U Jaklin bilan Nyu-Yorkda, Kennet go‘zallik salonlaridan birida oddiy sartarosh bo‘lib ishlayotganida tanishgan.

Jaklin salonga tashrif buyurganida, sartaroshning kasal ekani ma’lum bo‘ldi, keyin unga yosh mutaxassis xizmati taklif qilindi. Bettel Jaklinning sochlarini biroz o‘zgartirishni tavsiya qildi. Turmakning yuqori qismiga hajm bergan holda, pastki qismi jinglaklar bilan yakunladi.

Melaniya Tramp

Foto: Marie Claire

Uzoq vaqt davomida AQSH sobiq prezidentining rafiqasi soch turmagida rangdan tashqari hech narsa o‘zgarmadi. Melaniya Yaponiyada suratga olish maydonchasida tanishgan stilisti Mordexay Elvau bilan u 10 yildan ortiq vaqtdan beri ishlaydi. Aynan u tufayli Donald Trampning rafiqasi o‘ziga xos qiyofaga ega.

Melaniya Tramp uslubida turmak yaratishni boshlashdan oldin sochni to‘liq quritish kerak. So‘ngra soch to‘lqinsimon ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun bigudilarga o‘ralib, 30-40 daqiqaga qoldiriladi. Sochlar bigudidan yechilgach barmoqlar yordamida taraladi va ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi.

Greys Kelli 

Foto: Marie Claire

Monako shahzodasi rafiqasining kundalik soch turmagi ixchamligi va nafisligi bilan ajralib turardi. Greys Kelli har doim peshonasini ochgan holda sochlarini yon tomonga taradi, keyin jingalak qilingan sochlarni turmakladi. Birinchi marta ushbu turmak malika uchun Aleksandr de Pari tomonidan yaratilgan.

Ushbu soch turmagi quritilmasdan oldin amalga oshiriladi. Sochnin yuqori qismi ham to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘lishi uchun maxsus qisqichlardan foydalanish mumkin. So‘ngra ehtiyotkorlik bilan ular olib tashlanadi va turmak kutilgan ko‘rinishda bo‘ladi.

Qirolicha Letisiya

Foto: Marie Claire

Ispaniya qirolining rafiqasi o‘rta uzunlikdagi sochlarni yaxshi ko‘radi. Ko‘pincha Letisia tabiiy va biroz jingalak soch turmagini afzal ko‘radi. Qirolichaning soch turmagini takrorlash uchun fen va dumaloq taroqdan foydalanish kifoya.

Ushbu soch turmagi har qanday ko‘rinish uchun mos bo‘lib, obrazni yanada boyitadi. Sochlarni yuqoridan boshlab dumaloq taroq yordamida fen yordamida jingalak qilish orqali ham hajm, ham to‘lqinsimon ko‘rinish berish mumkin.

Asma Asad

Foto: Marie Claire

Suriyaning birinchi xonimi ham bob soch turmagining muxlisidir. Asma Asadning sevimli versiyasi — yengil jingalak bob. Ushbu uslubni takrorlash uchun konus shaklidagi turmaklagich kerak bo‘ladi. Uning yordamida soch jingalak ko‘rinishga keltiriladi. Oxirida ular siyrak taroq yoki qo‘llar bilan taraladi. Uzoq muddatli uslublar uchun sochlarga lak sepiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!