Bosh sahifaGoʼzallikSochlarning chiroyli ko‘rinishi hamda to‘g‘ri parvarishi uchun 7 ta layfxak

Sochlarning chiroyli ko‘rinishi hamda to‘g‘ri parvarishi uchun 7 ta layfxak


Sochlarni to‘g‘ri parvarishlash oson ish emas. Ba’zilar sochlar yog‘li ko‘rinmasligi uchun deyarli har kuni ularni yuvishi kerak. Kimdir, aksincha, ularni doimo namlaydi va quruq yoki bo‘yalgan sochlar uchun niqoblar qiladi. Kimdir sochlarning to‘kilishidan bezovtalanadi, kimdir esa hajmning yetishmasligidan. “Noviy ochag” nashri sochlarni chiroyli ko‘rinishga olib keladigan 7 ta layfxakni taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Butun boshni emas, balki cholkalarni yuving

Juda tez-tez shampunlab yuvish bosh terisi va sochlarning haddan tashqari qurishiga va tez orada yog‘ hosil bo‘lishining kuchayishiga olib keladi. Agar sochlar uzun bo‘lsa, butun boshni yuvmaslik kerak. Faqat cho‘lkani yuvish orqali chiroyli turmaklash mumkin.

Ipak yostiqda uxlang

Paxmoq, jingalak sochlar uchun ajoyib layfxak. Oddiy paxta yostiq jildlarini ipak yoki satin bilan almashtirish tavsiya etiladi. Bunday yostiqchalar sochlarning katikulasini bo‘shashtirmaydi. Buning yordamida silliq, porloq sochlar va toza bosh bilan uyg‘onasiz.

Boshni paxta sochiq bilan o‘ramang

Xuddi shu sababga ko‘ra, juda qulay bo‘lishiga qaramay, yuvishdan keyin boshni paxta sochiq bilan o‘rash odatidan voz kechish kerak. Bu, ayniqsa, jingalak yoki paxmoq sochlarga to‘g‘ri keladi. Paxta sochiqlar tashqi va ichki namlikni o‘zlashtiradi, bu sochlar uchun yaxshi emas. Barcha namlikni o‘zlashtirmaydigan maxsus mikrofiber sochiqni ishlating.

Maxsus taroqdan foydalaning

Nam sochlarni oddiy taroqlarda tarashdan saqlanish kerak. Bu vaqtda soch tolalari juda nozik bo‘ladi. Agar yuvishdan keyin darhol buni qilish kerak bo‘lsa, katta tishli taroq sotib oling yoki barmoqlar bilan tarang. Yoki turmalinli taroq sotib olish mumkin, u sochni shikastlamaydi.

Sochni to‘g‘ri quriting

Sochni darhol quritishga shoshilmaslik kerak. Ko‘pincha, bunday vaqtda eng issiq rejimda quritiladi. Bu yomon fikr, aslida yengilroq rejimdan foydalanish lozim. Fenni boshga juda yaqin tutmaslik kerak, yaqin masofada u sochni quritib yuboradi, eng yaxshi masofa 30-40 santimetr.

Tish cho‘tkasi

Agar sochlar jingalak bo‘lsa, tish cho‘tkasi boshni yanada toza qilishga yordam beradi. Cho‘tkaga shunchaki turmaklovchi vosita sepiladi va u bilan soch tolalari tekislanadi.

O‘sib chiqqan ildizlarni yashirish

Sochlarni juda ko‘p bo‘yash ham yomon. Ammo qayta o‘sayotgan ildizlar tartibsiz ko‘rinadi. Buni yashirishning eng yaxshi yo‘li — sochlarni ikkiga ajratishdir. Turmak ko‘rinishini yaxshilash uchun quruq shampundan foydalanish kerak.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!