Bosh sahifaGoʼzallikMuammoni darhol bartaraf etamiz: yog‘li sochlarga qarshi kurashish uchun 5 ta layfxak

Muammoni darhol bartaraf etamiz: yog‘li sochlarga qarshi kurashish uchun 5 ta layfxak


Chiroyli sochlar har kimning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Aksincha, yog‘li sochlar kayfiyatni tushirishi mumkin. Bunday vaziyat ko‘pincha shoshilinch uchrashuvlar oldidan qiyin ahvolga soladi. Wday nashri ushbu vaziyatda qutqaradigan bir nechta layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Sochlarning yog‘lanishi butunlay tabiiy holat. Ammo sekretsiya ortiqcha bo‘lsa yoki teri muntazam tozalanmasa, bu bosh terisi va sochning yog‘lanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, sochlarning me’yoridan ko‘proq yog‘lanishiga bir necha sabab mavjud:

Yuqori namlik

Yomg‘irli mavsumda yoki shunchaki issiq va nam havoda inson ko‘proq terlaydi. Shuningdek, terlagan bosh terisida kir to‘planadi, natijada sochlar yog‘li ko‘rinishni boshlaydi.

Boshning yetarli darajada tozalanmaganligi

Bosh terisi tez-tez va yetarlicha tozalanmasa, qichishishni keltirib chiqaradi. Bosh terisining ko‘chishi boshlanadi. Sochlar chigal, jonsiz va mo‘rtlashadi. Bularning barchasi yetarli darajada tozalamaslikning oqibatida yuzaga keladi. Haftada bosh terisini 2-3 marta shampunlab yuvish tavsiya etiladi.

Juda ko‘p shampunda yuvish

Yog‘li sochlarga bo‘lgan munosabat ularni yuvish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, bu doim ham o‘zini oqlamaydi. Shampunni tez-tez yuvish bosh terisining tabiiy yog‘larini yo‘q qiladi, bu esa bu moddaning yanada ko‘proq ishlab chiqarilishiga olib keladi. Natijasida yog‘li bosh terisi sochlarning kir ko‘rinishiga olib keladi.

Konditsionerni noto‘g‘ri qo‘llash

Sochning silliqligi uchun haddan tashqari ko‘p konditsioner qo‘llash jiddiy muammolarga olib keladi. Juda ko‘p mahsulot qo‘llash bosh terisini yog‘li qilib yuboradi va barcha changni o‘ziga tortadi. Bu esa bosh terisidan ajralgan yog‘ chang bilan qorishib, soch tolalarining kir bo‘lishini ta’minlaydi.

Tozalanmagan taroq

Kir, o‘lik teri hujayralari va singan sochlar vaqt o‘tishi bilan taroqlarga yopishib qoladi. Ularni tozalamasdan foydalanish esa barcha kirni sochlarga o‘tib, uni yog‘li bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Sochlarga teginish odati

Agar sochlarga tez-tez tegish odati mavjud bo‘lsa, bu ham ularning tezda yog‘lanishiga olib keladi. Bu faoliyat yog‘ bezlarini rag‘batlantiradi, bosh terisi va sochni yanada yog‘li qiladi.

Yog‘li sochlardan xalos bo‘lish uchun layfxaklar

Quruq shampun

Quruq shampun haqida bilmasdan turib, yog‘li sochlar haqida gapirish mumkin emas. Sochni yuvib, quritish uchun soatlab kutishga vaqt yo‘qligi sababli, uning o‘rniga quruq shampundan foydalanish tavsiya etiladi. U sochlarga, shu jumladan ildizlariga sepiladi, so‘ngra fendan foydalangan holda taraladi. Bir necha soniya ichida sochlar ajoyib ko‘rinishidan hayratda qolish mumkin.

Quruq shampun bo‘lmasa, uning o‘rniga chaqaloq uchun mo‘ljallangan kukunni ishlatish mumkin. Oq kukun qoldiqlari ko‘rinmasligi uchun yaxshilab tarashni unutmang.

Yuz salfetkalari

Yuzdagi yog‘ni olib tashlash uchun ishlatadigan salfetka bosh terisidagi ortiqcha yog‘ni ketkazish uchun ham ishlatilishi mumkin. Sochlar bir necha qismlarga ajratilib, bosh terisi va ildizlari salfetkalar bilan artiladi. So‘ngra soch turmagi darhol yangilanadi.

Fen

Ildizlarda to‘plangan oz miqdordagi yog‘dan qutulish uchun sochlarini fen bilan quritib ko‘ring. Sochga yorqinlik va silliqlik qo‘shish uchun fen bilan quritib bo‘lgach, sochlarga dengiz tuzi spreyidan purkash mumkin.

Atir

Xavotir olmang, bu yog‘li sochlar uchun eng zo‘r layfxak bo‘lib, kir ko‘rinishdan xalos bo‘lishga va shu bilan birga sochlarning yoqimli ifor taratishiga yordam beradi. Dezinfeksiyalash vositalari singari atir tarkibida mavjud bo‘lgan spirt yog‘ni tozalashga hissa qo‘shadi. Bu usul ko‘pchilik tomonidan maqtovga sazovor bo‘lsa-da, kuchli hidli atirlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Agar teri allergiyaga moyil bo‘lsa bu bosh terisini qizarishi va qurishiga olib kelishi mumkin.

Iste’mol sodasi

Iste’mol sodasi — tabiat bizga bergan eng yaxshi tabiiy mahsulot. Bu quruqlik va soch to‘kilishiga olib kelmasdan bosh terisida yog‘ ishlab chiqarishni nazorat qilishga yordam beradi. Bir litr suv bilan 2-3 osh qoshiq iste’mol sodasi bilan aralashtirilib, bosh terisiga surtiladi. 20-30 daqiqaga qoldirilib, doimgidek yuviladi. Ajoyib natijalarga erishish uchun ushbu oddiy tartibni haftada ikki marta takrorlash tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!