Bosh sahifaMaslahatlarYozda sepish uchun mo‘ljallangan eng ommabop 10 ta erkaklar atiri

Yozda sepish uchun mo‘ljallangan eng ommabop 10 ta erkaklar atiri


Yoqimli iforlar insonning kayfiyatini ko‘taradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Qolaversa, boshqalarda unga nisbatan yaxshi taassurot uyg‘otishga imkon beradi. Shu sababdan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham atirlardan birday foydalanadi. 

Parfyumlarning ham kiyimlar kabi mavsumga mos turlari bor. Masalan, soha mutaxassislari qishda o‘tkirroq, shirinroq, yozda esa o‘ta yumshoq, mayin, sitrus iforli atirlardan foydalanishni tavsiya etadi.

Quyida yoz uchun mo‘ljallangan eng yaxshi atirlar o‘ntaligini taqdim etamiz. Aromamaster Dilshod Hojiqurbonovning mazkur tavsiyalari jaziramada qanday parfyum sotib olishga ikkilanib turgan erkaklarga asqatadi deb o‘ylaymiz.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

POLO

Blue Ralph Lauren — erkaklar uchun mo‘ljallangan mazkur parfyum Polo Blue Karlos Benaim va Kristof Laudamiel tomonidan yaratilgan. 2003-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Atir bodring, qovun va mandarin, rayhon, zamsh, yog‘ochli notalar va mushk iforlarini o‘zida mujassam etgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

LOUIS VUITTON

Afternoon Swim — sitrus iforli parfyum bo‘lib, parfyumer Jak Kavaler tomonidan yaratilgan. 2019- yildan sotuvga chiqarilgan. Atirning o‘ziga xos xususiyati shundaki, undan nafaqat erkaklar, balki ayollar ham birdan foydalanishi mumkin. 

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

VERSACE MAN

Eau Fraiche Versace — erkaklar uchun mo‘ljallangan mashhur parfyumlardan biri bo‘lib, parfyumer Olivier Cresp tomonidan yaratilgan. 2006-yildan sotuvga qo‘yilgan.

Atir limon, bergamot, kardamon va brazil atirgul daraxti, sadr, estragon, mushk, yog‘ochli notalar, za’faron iforlaridan tashkil topgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

BVLGARI

Aqva pour Homme — dunyoga mashhur parfyumer Jak Kavaler tomonidan dengiz romantikasini xush ko‘ruvchi erkaklar uchun yaratilgan. Parfyum o‘zida mevalar, yog‘ochli notalar va dengiz o‘tlarini mujassamlashtirgan. Bu tetiklantiruvchi iforlar ayni issiq mavsumga mos keladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

GIORGIO ARMANI

Acqua di Gio Profumo — parfyumer Alberto Morillas tomonidan yaratilgan aromatik suvli parfyumdir. 2015-yildan ishlab chiqarila boshlangan.

Atir dengiz notalari, bergamot kabi bir necha iforlarni o‘zida mujassam etgan.  

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

GIORGIO ARMANI

Acqua di Gio parfyumi ham Giorgio Armani kompaniyasiga tegishli, bir necha mashhur parfyumerlar Alberto Morillas, Annik Menardo va Kristian Dussulier hamkorligida yaratilgan. 1996-yildan ishlab chiqarila boshlangan.

Atir limon, bergamot, apelsin, mandarin dengiz notalari, oq mushk, sadr, eman iforlaridan tashkil topgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

CHANEL

Bleu de Chanel Parfum — erkaklar uchun mo‘ljallangan mashhur atirlardan biridir. U Olivier Polge tomonidan yaratilgan, 2018- yildan sotuvga chiqarilgan. 

Parfyum o‘zida limon, bergamot, yalpiz, ananas, sadr kabi bir qator xushbo‘y iforlarni o‘zida aks ettiradi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

BVLGARI

Le Gemme Empyr — erkaklar uchun mo‘ljallangan yog‘ochli achchiq iforli parfyum bo‘lib, Bvlgari brendining yangi a’zosi hisoblanadi. Atir parfyumer Jak Kavaler tomonidan yaratilgan bo‘lib, 2021-yildan boshlab, atir ixlosmandlariga taqdim etilgan.

Le Gemme Empyr zanjabil, sandal daraxtining eng xushbo‘y iforlarini mujassam etgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

CREED

Aventus — mevali atirlar guruhiga mansub bo‘lib, 2010-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Yaratuvchisi Jan-Kristof Herault va Ervin Crid hisoblanadi.

Parfyum o‘zida ananas, bergamot, qora smorodina, olma, yasmin, atirgul, vanil kabi bir qator xushbo‘y iforlarni aks ettirgan. 

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

CLINIQUE 

Happy Clinique — sitrus iforlarni xush ko‘ruvchi erkaklar uchun mo‘ljallangan atir bo‘lib, 1999-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Parfyum o‘zida mandarin, apelsin, limon, mushk, sadr kabi bir qator iforlarni mujassamlashtirgan. 

Foto: “Daryo” / Dilruh IsomiddinovaManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!