Bosh sahifaSalomatlikNega chaqaloqlarga odeyal va yostiq kerak emas? Sog‘lom va xavfsiz uyqu sirlari

Nega chaqaloqlarga odeyal va yostiq kerak emas? Sog‘lom va xavfsiz uyqu sirlari


Butun dunyo bo‘ylab pediatrlar yildan-yilga chaqaloqlar uchun muhim bo‘lgan uyqu mavzusi haqida ko‘proq tavsiyalar bermoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda, masalan, 12 oygacha bo‘lgan 3500 ga yaqin bola har yili o‘z yotoqlarida vafot etadi. Bu ko‘pincha aksariyat ota-onalar bir qator xavfni hisobga olmasliklari bilan bog‘liq, deb yozadi Harper’s Bazaar Kazakhstan.

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Mutaxassislar chaqaloq ustiga yopib qo‘yish mumkin bo‘lgan odeyallardan voz kechishni, uyg‘onganida qo‘l va oyoqlarini erkin harakatga keltirishini qat’iy tavsiya qiladi. Esda tutingki, hatto qisqa muddatli kislorod yetishmasligi ham tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

1 yoshgacha bo‘lgan bolaning uxlash joyida begona narsalar, jumladan o‘yinchoq, yumshoq bortik va yostiqlar bo‘lmasligi kerak. Gap shundaki, uxlash vaqtida chaqaloq yonboshiga ag‘darilib, burnini to‘sib olishi mumkin. Shuningdek, choyshab to‘shaklar elastik tasma yoki zamoklar bilan yotoqqa mahkamlanganiga ishonch hosil qilish kerak.

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Agar bola kechalari odeyalsiz sovqotishi mumkinligidan xavotirda bo‘lsangiz, uxlash uchun yotoq o‘rniga mahkamlanadigan maxsus yopinchiqlardan foydalanish mumkin. Ular bilan chaqaloqlarning uyqusi nafaqat xavfsiz, balki osuda o‘tishi isbotlangan. Chunki hech narsa ularni harakatini cheklamaydi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!