Bosh sahifaAyollar uchunHech qachon urfdan qolmaydi: Kurtka bilan yaratish mumkin bo‘lgan 5 xil zamonaviy obraz (foto)

Hech qachon urfdan qolmaydi: Kurtka bilan yaratish mumkin bo‘lgan 5 xil zamonaviy obraz (foto)


Aksariyat ayollar par kurtkalar issiq va qulay bo‘lishiga qaramay, tanlovda ko‘proq paltolarga urg‘u beradi. Ammo oddiy par kurtkalardan ham har qanday joy uchun mos bo‘lgan obraz yaratish mumkin. Marie Claire nashri bu borada bir necha tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

To‘g‘ri, oq rangli djinsi shim sovuq ob-avo uchun mos kelmasligi mumkin. Ammo oq, qaymoq yoki kulrang par kurtkalar bilan aynan oq djinsi shim ajoyib kominatsiyani hosil qiladi. Ayollar ushbu obrazni juda kam takrorlagani sababli biroz xavotir bo‘lishi mumkin. Ammo djinsi hamda par kurtka bir-birini to‘ldiradi.

Foto: Marie Claire

Charm shimlarni ham part kurtkalarning navbatdagi hamrohi deyish mumkin. Ushbu obraz nozikligi hamda betakrorligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Ammo e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihat shuki, charm shimlarning keng bichimdagisini tanlash lozim. Par kurtkalar uchun o‘ta tor bichimdagi charm shim umuman mos kelmaydi.

Foto: Marie Claire

Par kurtkalar djinsi yubkalar bilan ham ajoyib uyg‘unlikni hosil qiladi. Bu borada yubkaning uzunligi ahamiyatsiz. Masalan, midi djinsi yubkalar ham qomatni yanada go‘zal, obrazni esa mukammal ko‘rsatadi. Muhimi, yubka o‘ta tor bo‘lmasligi kerak, chunki bu sovuq mavsumda biroz noqulayliklar keltirib chiqaradi.

Foto: Marie Claire

Kalta par kurtkalar bilan uzun ko‘ylaklarni birlashtirish mumkin. Ushbu ko‘rinish har qanday rasmiy yoki do‘stlar davrasi uchun ham ayni muddao. Faqatgina e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihat — poyabzalda. Mazkur obraz uchun etiklarning uzunini kiyish tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire

Kundalik obraz yoki sport bilan shug‘ullanuvchilar esa par kurtkalarni hamisha qulay bo‘lgan leggins va krossovka bilan uyg‘unlashtirishi mumkin. Qulay, yengil hamda issiq bo‘lgan ushbu ko‘rinish har qanday ayol uchun ham to‘g‘ri keladi. Hech bo‘lmaganda, sayrga chiqish uchun ushbu kombinatsiyaga muojaat qilish mumkin.

Foto: Marie ClaireManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!