Bosh sahifaAyollar uchunQomatning mukammal ko‘rinishiga putur yetkazadigan 5 ta qishki kiyim (foto)

Qomatning mukammal ko‘rinishiga putur yetkazadigan 5 ta qishki kiyim (foto)


Sovuq mavsumda kiyimlar soni sezilarli darajada oshadi va obrazlar ko‘p qatlamli hamda katta hajmli kiyimlardan tashkil topadi. Ular issiq yoki sifatli bo‘lishiga qaramay, qomatni o‘ta semiz, bo‘yni esa past ko‘rsatishi ham mumkin. Marie Claire tashqi ko‘rinishga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan qishki kiyimlar haqda so‘z yuritdi.

Foto: Marie Claire

Trikotaj kiyimlar kuz-qish mavsumida garderobning muhim qismidir. Ammo turli xil yirik naqshlar va chiziqlar tushirilgan sviterlar har qanday ayolni semiz ko‘rsatadi. Bundan o‘ta ozg‘in xonimlar xavotir olmasligi mumkin. Ammo to‘ladan kelgan ayollar uchun haqiqiy muammoga aylanadi. Shuning uchun oversayz sviterlarni iloji boricha suratlarsiz, oddiy ko‘rinishdagisini sotib olish tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire

Mo‘ynali issiq kiyimlar ancha oldin urfdan qolgani hisobga olinsa, garderobdan ham shuncha avval chiqarib tashlangan bo‘lishi kerak. Ammo aksariyat ayollar har yili qishki libos sifatida mo‘ynali kiyimlarga murojaat qiladi. U qo‘pol va eskirgan model bo‘lishidan tashqari, juda semiz ham qilib ko‘rsatadi. Buning o‘rniga dublyonka kurtkalar ommalashdi. Dublyonkadan tikilgan issiq kiyimlar zamonaviyligi hamda qomatni chiroyli ko‘rsatishi bilan birga ayollarning sevimli kiyimiga aylandi.

Foto: Marie Claire

Djinsilardan charchaganlar ko‘pincha yirik chiziqli velvet shimlarni tanlaydi. To‘g‘ri, ushbu mato issiq, ammo qomatni unchalik ham chiroyli ko‘rsatmaydi. Qolaversa, qish faslida issiq ofisda ishlaydiganlar uchun ham tavsiya etilmaydi. Buning o‘rniga charm shimlarga murojaat qilish mumkin. Charm mato hashamatli ko‘rinishi bilan birga, qomatdagi kamchiliklar ham yashiradi.

Foto: Marie Claire

Baxmal matoli kiyimlar ham qomatidan tashvishlanadiganlar uchun tavsiya etilmaydi. Chunki baxmal matosidan tikilgan shim, ko‘ylak yoki kostyum bo‘lsin, ayniqsa, och rangdagilari qomatni xunuk ko‘rsatadi. Qora yoki boshqa to‘q rangdagi baxmal liboslar ko‘rsatkichi esa nisbatan kamroq. Shuning uchun qishki mavsum uchun kiyim xarid qilganda, yuqoridagi kiyimlar qatorida baxmal liboslardan ham voz kechish tavsiya etiladi.

Foto: Marie ClaireManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!