Bosh sahifaSalomatlikYurak og‘risa, chap qo‘lga zo‘r keladi: bunga sabab nima?

Yurak og‘risa, chap qo‘lga zo‘r keladi: bunga sabab nima?


Yurakdagi og‘riq qo‘lda ham sezilsa, bu har doim ham yurak patologiyasining belgisi bo‘lmasligi mumkin. Kardio muammolar bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlar, masalan, osteoxondrozda ham qo‘lda og‘riq seziladi. Qo‘shimcha belgilar og‘riqni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashga yordam beradi.

Yurak kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq

Agar yurakdagi og‘riqlar chap qo‘lda ham sezilsa, shifokor buni stenokardiya deb taxmin qilishi mumkin. Bemorning ko‘krak qafasida odatiy nafas olishiga xalaqit beradigan og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq nafaqat chap qo‘l bo‘ylab tarqaladi, balki bo‘yin va jag‘larda ham seziladi.

Xurujning xususiyati — odam o‘zi uchun qulay bo‘lgan pozitsiyani egallasa ham o‘zgarmaydi.

Og‘riq nafaqat, yurak sohasida, balki chap qo‘l va ko‘krak qafasining orqa tomoni bo‘ylab tarqaladi.

Infarktning belgilari:

  • Turli intensivlikdagi kuydiruvchi og‘riq;
  • Nafas yetishmasligi;
  • Oyoq-qo‘llarning uvishib qolishi;

Keyingi sabab miokarditdir. Patologiya miokardning yallig‘lanishi natijasida kelib chiqadi va quyidagilar bilan birga namoyon bo‘ladi:

  • Bosilganda ko‘krak qafasi sohasida og‘riq;
  • Yelka va bo‘yinda noqulaylik;
  • Nafas olishning qiyinlishuvi (paroksismal);

Miokarditda og‘riq o‘tib ketmaydi, aksincha, bemor harakat qilganida ortadi.

Kardio muammolar bilan bog‘liq bo‘lmagan og‘riq sabablari

Yurakdagi og‘riq qo‘lda ham sezilsa, bunga yurak mushaklari bilan bog‘liq bo‘lmagan kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin.

Shunga o‘xshash hissiyotlar umurtqaning ko‘krak qismidagi osteoxondrozda namoyon bo‘ladi.

Bu yurak sohasida og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nerv tolalarining qisilib qolishi, shuningdek, uni chap qo‘lga berib, harakatlanayotganda uvishish va og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi.

Qovurg‘alar orasi nevralgiyasi stenokardiya xurujiga o‘xshab ketadi, lekin bu kasallik harakat paytida og‘riqning kuchayishi bilan farqlanadi. Qovurg‘alar orasi nevralgiyasi belgilari — og‘riyotgan qismda terining qizarishi va sezgirligining pasayishidir.

Mediastinit old to‘qimalarining yallig‘lanishi — mediastinit. Bu patalogiyaning sababi ovqat hazm qilish tizimining kasalligi yoki shikastlanishdir. Mediastinit belgilari:

  • Yutish paytida, shuningdek, nafas olayotganda chap qo‘lda tarqaladigan og‘riq;
  • Yuz sohasida ko‘karish belgilari;
  • Isitma;
  • Yurakning tez-tez urishi;
  • Yo‘tal tutishi;
  • Terlashning kuchayishi;
  • Ovoz xirillashi.

Mediastinitda og‘riq juda kuchli emas, lekin og‘riq qo‘lda aniq seziladi.

Yuqoridagi patalogiyalar chap qo‘lda og‘riq sabablarining barchasi emas. Og‘riq kardionevroz, o‘pka kasalliklari, yelka artriti va boshqa xastaliklar belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Holatning haqiqiy sababini faqat malakali mutaxassis aniqlay oladi. Shifokor og‘riq uchun yetarli davolanishni buyurishi kerak, bemorlarga o‘z bilganicha davolanish tavsiya etilmaydi.

 

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!