Bosh sahifaSalomatlikKardio mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni boshlashingiz uchun 5 ta sabab

Kardio mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni boshlashingiz uchun 5 ta sabab


Qanday qilib minimal vaqt sarflab, organizmga maksimal foyda keltirish mumkin? Buning yechimini kardio mashqlaridan topish mumkin. U nafaqat xotirani yaxshilaydi, balki sog‘lom uyqu bilan ham ta’minlaydi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: Marie Claire

Kardio — bu salomatlik. Darhaqiqat, jismoniy mashqlar nafaqat vaznni nazorat qilishda yordam beradi, balki teri holatini yaxshilaydi va kasallanish ehtimolini kamaytiradi. Shuningdek, mushaklarning tonusini oshirib, sog‘liq uchun faqat foyda keltiradi. Quyida kardio mashg‘ulotlarni boshlashingizga turtki bo‘ladigan 5 ta sabab bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Xotirani yaxshilaydi

Jorjiya texnologiya institutining yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, atigi 20 daqiqa davomida tosh ko‘tarish xotirani 10 foizga yaxshilaydi. Olimlarning fikricha, mushaklarni sumkalar, gantellar, trenajyorlar bilan vaqtincha taranglashtirish xotirani yaxshilaydigan gormonlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Natijada kardio mashqlardan so‘ng ba’zi ma’lumotlarni eslab qolish ularning xotirada qolish ehtimolini oshiradi.

Sog‘lom uyqu

Appalachian Davlat Universiteti tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kardio mashqlarini bajarish uchun eng yaxshi vaqt ertalab, kunning ikkinchi yarmidan keyin va kech tushmasidan avval. Olimlarning aniqlashicha, og‘irlik bilan mashq qilish organizmni isitadi, bu esa o‘z-o‘zidan tungi uyquga tayyorlaydi. Bundan tashqari, kardio va kuchli mashqlar kombinatsiyasi tezroq uxlab qolishga va kechasi yaxshi uxlashga yordam beradi.

Metabolizm tezlashadi

Doimiy qarashlardan farqli o‘laroq, jismoniy mashqlar paytida organizmdagi yog‘lar mushak massasi bilan almashtirilmaydi. Qanchalik tez-tez tosh yoki gantell ko‘tarsangiz va sport bilan shug‘ullansangiz, mushaklar massasi shunchalik ortadi, ammo bu yog‘ o‘rnini bosmaydi.

“Yog‘dan qutulishning yana bir oddiy usuli — metabolizm tezligini oshirish. Buning yagona yo‘li ko‘proq mushak massasining ortishidir”, — deydi ovqatlanish bo‘yicha direktor Jaklin London.

O‘zni yaxshi his qilish

Agar mashaqqatli mashg‘ulotdan keyin kayfiyat yaxshi bo‘lsa, siz yolg‘iz emassiz: mashq butun organizmda endorfinlarni chiqaradi va sizni baxtliroq holatga keltiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kardio mashqlari tashvishlarni kamaytirishga va depressiya belgilari bilan kurashishga yordam beradi.

Yurak kasalliklaridan himoya qiladi

Mushak massasining ozayishi, qarish va jismoniy faollikni kamaytirishdan tashqari, gipertoniya, ikkinchi toifa qandli diabet va yurak-qon tomir muammolari xavfini oshirishi mumkin. Biroz kardio mashqlarini bajarish suyak sog‘liqni yaxshilaydi va o‘z navbatida yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shuning uchun Amerika Yurak assotsiatsiyasi yurak xastaligi xavfini kamaytirishning bir usuli sifatida kardio mashqlarini tavsiya etadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!