Bosh sahifaAyollar uchunSalomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 10 ta yozgi poyabzal modeli (foto)

Salomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 10 ta yozgi poyabzal modeli (foto)


Bilasizmi, zamonaviy poyabzallarni sevuvchilar ham xavf-xatarlarga duch kelishlari mumkin. Ayrim oyoq kiyimlar mavsumbop bo‘lishiga qaramay, sog‘liqqa zarar yetkazadi. Marie Claire nashri aynan yoz mavsumida salomatlik uchun salbiy ta’sirga ega bo‘lgan yozgi oyoq kiyim modellarini sanab o‘tdi.

Foto: Marie Claire

Podiumlarda namoyish etilgan va ko‘pchilik tomonidan e’tiborga olingan yozgi tendensiyalarning aksariyati faqat san’at asari sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ammo kundalik hayotda ularni kiyish bunga loyiq emas, agar dam olish va yozgi sayrlarni uzoq davolanish ishlariga almashtirishni xohlamasangiz.

Foto: Marie Claire

Shippaklar ko‘proq plyaj uchun mo‘ljallangan va ularni aynan o‘sha yerda kiygan yaxshiroq. Shippaklarda doimiy ravishda harakatlanish barmoqlarning zo‘riqishiga olib keladi. Natijada oyoq mushaklari va bo‘g‘imlarida doimiy ortiqcha yuk hosil bo‘ladi. Yana bir aniq kamchilik shundaki, ochiq poyabzal oyoqni tashqi ta’sirdan himoya qilmaydi.

Foto: Marie Claire

Albatta, poshnalarning ham bir-biridan farqi bor. Ingichka poshnalar oyoqlar uchun yaxshi emasligi haqida ko‘p aytilgan. Shifokorlar, ayniqsa, doimo poshnali oyoq kiyimdan ogohlantiradi. Umuman olganda, bu kabi hashamatli poyabzallarni fotosessiya uchun olib qo‘yish kerak. Ammo yarim soat ichida oyoqlar chindan ham zo‘riqqanini his qilish mumkin.

Foto: Marie Claire

Sizningcha, poshnasiz poyabzal mukammalmi? Unday emas. Bundan tashqari, shifokorlar kichik poshnali (2-3 sm) poyabzal kiyishni tavsiya qiladi. Bu oyoq bo‘g‘imlarni ortiqcha zo‘riqtirmaslik va yana uning boshqa funksiyalariga zarar yetkazmaslik uchun kerak. Ammo tekis va ayni paytda yupqa taglikli baletka bilan yurish har qachongidan ham osonroq. Aytgancha, masala faqat oyoqlar bilan cheklanmaydi: yetarli darajada amortizatsiya yo‘qligi barcha organlar va tizimlarga salbiy ta’sir o‘tkazadi.

Foto: Marie Claire

O‘rta asrlardagi yog‘och poyabzallar ko‘rinishidagi modellar dastlab urfga kirdi, ammo shifokorlar buni rad etdi. Qattiq taglik harakatlanish paytida qon aylanishini qiyinlashtiradi va tabiiy ravishda mushak hamda bo‘g‘imlarni zo‘riqtiradi. Poyabzalning orqa qismi ochiq, oldi qismi yopiqligi tufayli chiqib ketmasligi uchun oyoqqa kuchli bosim beriladi. Shuning uchun mushak-skelet tizimi ham zo‘riqadi.

Foto: Marie Claire

Yengil futbolka hamda shortilar bilan ajoyib uyg‘unlikni hosil qilgan bosonojkalar taglikning qattiqligi tufayli tabiiy harakatga to‘sqinlik qiladi. Ya’ni ularda uzoq vaqt yurish foydali emas va umuman oyoqlar juda tez charchaydi.

Foto: Marie Claire

Odatda ushbu modeldagi oyoq kiyimlar katta tezlik bilan urfga kirdi, ammo ularning ham o‘ta yupqa tagligi, shuningdek baland poshnasi harakat davomida hech qanday qulaylik tug‘dirmaydi. Aksincha ularning zo‘riqishiga olib keladi.

Foto: Marie Claire

Baland bosonojkalar bo‘yni hamda oyoqni vizual ravishda uzun ko‘rsatadi. Ammo tanganing ikkinchi tarafi ham bor. Bu kabi modelda harakatlanish davomida oyoq old qismga sirg‘alib boradi va bu noqulaylik keltirib chiqaradi. Hattoki oyoqning tag qismida og‘riq ham paydo bo‘ladi.

Foto: Marie Claire

Ko‘rinishidan ushbu tufli bejirim va har qanday ayollar orzusidagi model. Ammo muammo shundaki, barcha tomoni o‘ralgan ushbu tuflida oyoq nafas olmaydi. Issiq mavsumda terlab, zamburug‘ va boshqa kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Foto: Marie Claire

Nafas olmaydigan poyabzallar haqida gapirgandan so‘ng garderobdan o‘rin olgan etiklar haqida gapirmaslik g‘alati. Zamburug‘ kasalliklari xavfiga qo‘shimcha ravishda, yuqori qismli kauchuk etiklar yurishning fiziologik holatiga salbiy ta’sir qiladi, bu esa mushak-skelet tizimidagi muammolarni keltirib chiqaradi. Shifokorlar bunday poyabzal kiyish vaqtini 2-3 soatgacha cheklashni tavsiya qiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!