Bosh sahifaSalomatlikShamollashda samarasiz hisoblangan xalqona davolash usullari

Shamollashda samarasiz hisoblangan xalqona davolash usullari


Ma’lumki, kuzda shamollash tez-tez uchraydigan hodisaga aylanadi. Ba’zida odamlar dori vositalariga murojaat qilishni istamay, tuzalish uchun xalq orasida ommalashgan davolash usullarini tanlaydi. Biroq shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu bemorlarning sog‘lig‘ini yomonlashtirishi va yanada jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb yozadi Harper’s Bazaar Kazakhstan.

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Issiq qaynatilgan kartoshkada ingalyatsiya qilish

Xalq tabobatida yo‘talga qarshi kurashda eng keng tarqalgan vositalardan biri issiq qaynatilgan kartoshka bilan ingalyatsiya qilishdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday usul nafaqat nafas olish muammolarini keltirib chiqarishi, balki shilliq qavatlarning kuydirishi ham mumkin.

Xantal qog‘ozi

Ko‘pchilikning yana bir sevimli xalqona davolash usuli — xantal qog‘ozlari. Ammo shifokorlarning fikriga ko‘ra, ularni tana harorati ko‘tarilganda ishlatish mumkin emas. Qo‘llash mumkin bo‘lgan yagona holat — uzoq davom etgan bronxit. Lekin bu holatda ham xantal qog‘ozlari faqat shifokor tomonidan belgilanadi.

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Yod chizish

Shamollashni yod bilan davolash ham mutaxassislar tomonidan foydasiz deb topilgan. Ushbu usulning samaradorligi to‘g‘risida hali ham ilmiy dalillar mavjud emas.

Burun va tomoqni tuzli eritma bilan chayish

Shifokorlar burun va tomoqni tuzli eritma bilan chayishni davolash sifatida tavsiya etmaydi. Ushbu usul faqat mutaxassislar tomonidan tayinlangan dori vositalari bilan birgalikda samara berishi mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!