Bosh sahifaGoʼzallikInternetda ommalashgan byuti-layfxak bo‘yicha qoshlarni chiroyli bo‘yashni o‘rganamiz (foto)

Internetda ommalashgan byuti-layfxak bo‘yicha qoshlarni chiroyli bo‘yashni o‘rganamiz (foto)


Qanday qilib bir urinishdayoq mukammal qoshlarni chizish mumkin? Hammasi  o‘ylagandan ham ko‘ra osonroq. Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan layfxak, albatta, yordam beradi, deb yozadi Cosmopolitan.

Foto: Cosmopolitan

Qoshlar  yuzning asosiy ko‘rki bo‘lib, nafaqat makiyaj uchun, balki butun obrazni ham to‘ldiradi. Shu bilan birga, qoshlar shaklining tendensiyalari doimo o‘zgarib turadi. Ba’zida ingichka, kamon yoki yana tabiiy ko‘rinish urfga kiradi. Internetdagi moda ko‘rgazmalaridagi modellardan tortib, blogerlar va oddiy odamlargacha qoshlarini turli usullar yordamida bo‘yaydi. Yaxshiyamki, barcha tendensiyalarni haqiqatan ham hayotda qo‘llab bo‘lmaydi.

Faqat bitta narsa: klassika baribir urfdan qolmaydi. O‘rtacha keng va qalin qoshlar hamisha har qanday obraz uchun mos keladi. Agar tabiat sizga bunday go‘zallikni ato etmagan bo‘lsa, bu muammo emas. Qoshlarni ular uchun mo‘ljallangan bir nechta bo‘yoq yordamida tabiiydek ko‘rsatish mumkin.

Qolaversa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ushbu layfxaki bilan har kim mukammal qoshlarni chiza olishi shubhasiz. Qalam bilan bo‘yashning oddiy texnikasini o‘rgangandan so‘ng hatto professional stilistlarga ham murojaat qilishga hojat qolmaydi.

Quyidagi ketma-ketlik yordamida bir necha daqiqada ajoyib qalin qoshlarga erishish mumkin. Faqat qalamning mos kelishi uchun rangiga e’tibor berish lozim. Ideal holda, u sochlarga mos yoki biroz quyuqroq bo‘lishi kerak, bu esa hajm qo‘shishga yordam beradi. Shuningdek, qalam uchli hamda sifatli bo‘lishi muhim.

Foto: Cosmopolitan

Dastlab qoshlar bo‘sh qo‘yilib, qalam qoshning boshlanish qismiga olib kelinadi. So‘ngra yengil harakat bilan qoshning butun uzunligi bo‘ylab burundan qosh uchigacha uchta siniq chiziq tortiladi. Ishoning, qalam sizni boshqaradi.

Foto: Cosmopolitan

Oxirida barcha chiziqlarni birlashtirilib, ichki qismi bo‘yaladi. Ushbu texnikadan foydalangan holda bo‘yalgan qoshlar tabiiy ko‘rinadi.

Foto: Cosmopolitan

Qalamni yoyish uchun qosh maxsus cho‘tka bilan taraladi. Qalam qoshlar  bilan aralashadi, yoyilgach yanada tabiiy ko‘rinadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!