Bosh sahifaMaslahatlarFaqat oziq-ovqat mahsulotlari emas: muzlatkichda saqlash tavsiya etiladigan 7 ta buyum

Faqat oziq-ovqat mahsulotlari emas: muzlatkichda saqlash tavsiya etiladigan 7 ta buyum


Agar muzlatkichda bo‘sh joy bo‘lsa, unda oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari boshqa buyumlar ham saqlanishi mumkin. Masalan, kosmetika salqinni yaxshi ko‘radigan narsalar qatoriga kiradi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Ko‘z kremi

Foto: “Noviy ochag”

Sovitilgan krem ko‘z atrofidagi shish bilan yanada samarali kurashishga yordam beradi, shuning uchun uni hammomda emas, balki muzlatkich eshigida saqlash tavsiya etiladi.

Ko‘z qalami

Foto: “Noviy ochag”

Agar kosmetik qalam sovuqda saqlasansa, u biroz qattiqlashadi. Natijada ko‘zga osongina chiziq tortish mumkin.

Lak

Foto: “Noviy ochag”

Bir tomondan, lakni muzlatkichda saqlash uning saqlash muddatini sezilarli darajada uzaytiradi, ammo lakning o‘zi yanada yopishqoq bo‘ladi va uni surtish qiyinlashadi. Shuning uchun kamroq foydalaniladigan laklarni muzlatkichda saqlash mumkin.

Organik va tabiiy kosmetika

Foto: “Noviy ochag”

Organik hamda tabiiy mahsulotlar sotiladigan do‘konlarda sotuvchilar har doim yaroqlilik muddati va saqlash shartlari haqida ogohlantiradil. Qoida tariqasida shuni unutmangki, konservantlarsiz kosmetika har doim muzlatkichda saqlanishi kerak.

Kolgotka 

Ba’zilarning ta’kidlashicha, agar kolgotkalar muzlatkichda saqlansa, qattiqlashadi va ular yanada tezroq yirtiladi. Ammo ularni namlab, paketga solib, bir kechaga muzlatkichga qo‘yish kerak. Ertasi kuni ularni muzlatkichdan olib tashlash juda muhim. Shu tarzda uning foydalnish muddatini uzaytirish mumkin.

Djinsi

Foto: “Noviy ochag”

Ma’lumki, yaxshi djinsi shimlar kamroq yuvilsa, uzoq vaqt ajoyib ko‘rinadi. Albatta, hid va bakteriyalardan xalos bo‘lish kerak va bu borada muzlatkich yordam beradi. Muzlatkichda bir kecha turgan djinsi yana yangi ko‘rinishga qaytadi.

Konvert

Faqat oziq-ovqat mahsulotlari emas: muzlatkichda saqlash tavsiya etiladigan 7 ta buyum

Foto: “Noviy ochag”

Agar konvertni yirtmasdan ochish kerak bo‘lsa, uni paketga solib,  muzlatkichga bir-ikki soatga qo‘yiladi. Natijada u qiyinchiliksiz ochiladi va xona haroratida uni qayta yopish mumkin.

Gullar

Foto: “Noviy ochag”

Kechgacha guldastani yangi saqlashni xohlaysizmi? Barcha gul do‘konlarida bo‘lgani kabi uni muzlatgkichda qoldirish lozim.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!