Bosh sahifaMaslahatlarUy sharoitida pashshalardan qutilishning eng oddiy usullari

Uy sharoitida pashshalardan qutilishning eng oddiy usullari


Bu zararkunanda hasharotlar yozni zavq bilan o‘tkazishga xalaqit berishi mumkin. Ammo ulardan oddiy vositalar yordamida qutilishning yo‘li bor. “Noviy ochag” nashri uy sharoitida pashshalar muammosiga qarshi kurashishning eng oddiy usullarini taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Pashshalardan qutilishning xalqona usullari

O‘simlik va efir moylari hasharotlarni haydaydi

Pashshalar ba’zi giyohlarning hidlariga juda sezgir. Agar uyda lavanda, yalpiz va rayhon o‘stirilsa, pashshalar bir chaqirim uzoqdan bunday xona atrofidan uchib ketadi. Shuningdek, guldonda evkalipt, shuvoq, shumurtning shoxlarini saqlash mumkin. Ularning quritilganlari ham yaxshi samara beradi. Rayhon, limon yoki lavanda efir moylari ham pashshalarni yo‘q qilishga yordam beradi.

Meva pashshalari

Ushbu mayda pashshalar uchun oddiy tuzoqlar mos keladi. Buning uchun plastik baklashkaning tepa qismi kesib olinadi. Qirralari tasma bilan mahkamlanadi. Pastki qismga biroz suv, to‘rt osh qoshiq olma sirkasi va bir choy qoshiq idish yuvish vositasi quyiladi. Sirka hasharotlarni o‘ziga tortadi, sovun esa ularni tuzoqdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Oshxonada yoki pashshalar to‘planadigan joyda bir nechta tuzoqlarni o‘rnatish mumkin. Bu tezda bezovta qiluvchi hasharotlardan xalos qiladi.

Katta uy pashshalari

Uyda pashshalardan himoyalanishning eng oson va tezkor usullaridan biri bu chinnigullar, ularning hidiga dosh berolmaydi. Kvartirada derazalar yaqinida bir nechta chinnigullar solingan xaltachalarni osib qo‘yish kerak, shunda pashshalar uy ichiga kira olmaydi.

Hovlidagi katta pashshalar

Ovqat tayyorlanayotganda odatda qayerdandir katta-katta pashshalar paydo bo‘ladi. Uyning har bir burchagiga suyuq asal yoki shakar siropini kraxmal bilan aralashtirib, hosil bo‘lgan yopishqoq massani idishchalarga quyib, joylashtirib chiqish kerak. Shundan so‘ng ular qayta bezovta qilmaydi.

Pashshalar tezda ko‘payadi, shuning uchun hasharotlardan qutilishga taxminan bir kun kerak bo‘ladi. Kun davomida massa shunchaki qurib qoladi va pashshalar yopishmay qolishi mumkin.

Zamonaviy vositalar pashshalardan tezda xalos bo‘lishga yordam beradi

Hasharotlar uchun yopishqoq tasmalar

Shiftga osiladigan yopishqoq tasmalar juda ham foydali. Ularga pashshalar yopishib qoladi. Ular kvartiraning dizaynerlik bezaklari emas, balki hasharotlardan tezda xalos bo‘lishga imkon beruvchi vositalardir.

Pashshaga qarshi plastinkalar

Uyni yopishqoq tasmalar bilan bezashni istamaganlar oddiygina plastinkalardan foydalanishi mumkin. Ularni tutatib qo‘yish orqali pashshalarni yo‘q qilish mumkin. Chunki plastinkalar hidi pashshalarga umuman yoqmaydi.

Hasharotlarga qarshi gel

Uy sharoitida pashshalardan qutilishga hasharotlarga qarshi gel yordam beradi. Gel hid chiqarmaydi, odamlarga zarar yetkazmaydi. Albatta, uni bolalar bo‘yi yetmaydigan joyga qo‘yish kerak. Gel juda qulay, chunki ma’lum muddat davomida pashshalardan qutilishga imkon beruvchi ko‘pgina vositalardan farqli o‘laroq, uning ta’siri to‘liq quriguncha ikki oygacha davom etishi mumkin.

Fumigator

Fumigator yordamida pashshalardan qutilish oson va oddiy. Asosiysi, deraza va eshiklarni yopish, qurilmani elektr tokiga ulash va bir muddat tashqariga qolish. Jarayon yakunlangach xonani ventilyatsiya qilish kerak. Shuningdek, derazalarga to‘r o‘rnatishni unutmaslik kerak.

Chivin va boshqa hasharotlarga qarshi spreylar

Agar tejamkor vositalar yordam bermasa, unda jiddiy vositalarni qo‘llash vaqti keldi. Uyda pashshalarga qarshi aerozol mahsulotlarini ishlatganda, oziq-ovqat mahsulotlarini oldindan olib tashlash, bolalarni xonadan olib chiqish kerak. Bir necha soatdan keyin uy juda yaxshi ventilyatsiya qilinishi juda muhim. Shuningdek, nam tozalashni amalga oshirishni ham unutmang. Natijada nafaqat pashshalardan, balki uydagi boshqa hasharotlardan ham qutilish mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!