Bosh sahifaGoʼzallikAyollarga nafi tegadigan go‘zallik bilan bog‘liq oddiy layfxaklar (foto)

Ayollarga nafi tegadigan go‘zallik bilan bog‘liq oddiy layfxaklar (foto)


Ba’zan chiroyli bo‘lish uchun ko‘p yillik tajriba emas, balki bir nechta layfxaklarni bilish kifoya qiladi.

Tush surtayotganda dog‘ qolmaydi

Foto: “Domashniy ochag”

Buning siri oddiy: agar o‘ng qo‘l qulay bo‘lsa, tushni o‘ng tomon bilan ushlash mumkin. Kipriklarga uni surtishdan avval ko‘z qovog‘i ustida qog‘oz yoki salfetkani ikkinchi qo‘l bilan ildizga yaqin joyda ushlab turish lozim.

Qalin qoshlar

Foto: “Domashniy ochag”

Hamyonbop vosita, kanakunjut yog‘idan ikki oy davomida foydalanishda qoshlarda o‘zgarish seziladi. Paxta yoki shunchaki barmoq bilan qoshlarga yog‘ni surtib qo‘yish mumkin. Sharti faqat har kuni kechki payt ikki oy davomida jarayonni amalga oshirish kerak.

Tenni chiroyli surtish

Foto: “Domashniy ochag”

Buning uchun ko‘z qovog‘ining tashqi burchagiga bir parcha tasma yopishtiriladi. Uning yelimini bo‘shatish uchun uni bir necha marta qo‘lga yopishtirib, so‘ngra olib tashlash tavsiya etiladi. Shundagina tenlarni surtib bo‘lgach, tasmani olish oson kechadi.

Xaylayter tayyorlash

Foto: “Domashniy ochag”

Agar yuzga mos keladigan xaylayter bo‘lmasa, shunchaki ten ichidagi mos rang bilan ko‘z atrofiga surtiladigan kremni aralashtirib, uni hosil qilish mumkin.

Qosh terilganidan keyin qizarishni bartaraf etadi

Foto: “Domashniy ochag”

Oddiy sutga botirilgan paxta kompressi barcha qizarishni bir necha daqiqada bartaraf etadi.

Yelim bilan tozalash 

Foto: “Domashniy ochag”

Oddiy va samarali usul: Tirnoqning chet qismlariga mutlaqo xavfsiz bo‘lgan qog‘oz yelimi (PVA) surtiladi. So‘ngra u 10-15 daqiqa davomida quritishga qo‘yiladi va hosil bo‘lgan qatlam olib tashlanadi. Natijada tirnoqdagi lakning qoldiqlari birga ko‘chib chiqadi.

Shishgan ko‘zlar

Foto: “Domashniy ochag”

Maslahat qadimiy, ammo samarali: ikki paket choy muzlatkichga qo‘yiladi. Ertalab ko‘zlar shishgan holda uyg‘onganda, choy paketlaridan kompress sifatida foydalanish mumkin. U qora, ko‘k yoki mevali choy bo‘ladimi, umuman muhim emas.

Ko‘z uchun yumshoq qalamdan foydalaning

Foto: “Domashniy ochag”

Ko‘z juda nozik a’zo va unga biror narsa qo‘llashda juda ehtiyot bo‘lish lozim. Shuning uchun ko‘zlarga mo‘ljallangan qalam qattiq yoki uchi qotib qolgan bo‘lsa, uni biroz yumshatib, so‘ngra foydalanish kerak. Masalan, uni olov yordamida biroz yumshatish mumkin.

Lakni quritishni tezlashtiring

Foto: “Domashniy ochag”

Lakning yuqori qatlamiga zaytun moyi tomiziladi va u 15-20 daqiqada emas, balki atigi 10 daqiqada quriydi.

Kokos yog‘i sochlar uchun niqob sifatida

Foto: “Domashniy ochag”

Kokos yog‘i bir soat davomida soch va bosh terisiga surtiladi, maxsus shapka kiyib, uy yumushlarini bajarish mumkin. Bir soatdan keyin oddiy shampun bilan yuvib tashlanadi. Maxsus kosmetik kokos moyi kerak emas. Do‘konda uni qulay narxlarga sotib olish mumkin.

Soch uchun makiyaj

Foto: “Domashniy ochag”

Agar sochlar siyrak bo‘lib, bosh terisi ko‘rinib qolsa, buni niqoblash mumkin. Qisqasini aytganda, kal bo‘lib qolgandek yurish shart emas. Buning uchun sochga mos keladigan rangdagi tendan foydalanish mumkin. U bosh terisiga surtiladi va sochlar yaxshilab taraladi.

Sochlar uchun antistatik

Foto: “Domashniy ochag”

O‘zingiz bilan antistatik sprey olib yurishingiz shart emas. Shunchaki bir tomchi qo‘l kremini kaft bilan bosh yuzasiga surtish mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!