Bosh sahifaGoʼzallikTonal kremsiz yuz terisiga qo‘llab bo‘lmaydigan 4 ta kosmetik mahsulot

Tonal kremsiz yuz terisiga qo‘llab bo‘lmaydigan 4 ta kosmetik mahsulot


Tonal kremining asosiy vazifasi terining kamchiliklarini niqoblash, uni tekislash va yuzga oro berishdir. Ushbu vosita uni o‘ziga xos obrazga aylantirishga imkon beradi. Tonal kremidan so‘ng yuz terisiga kontur, lab bo‘yog‘i, ten, rumyanani xavfsiz qo‘llash mumkin, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Bloger, professional vizajist va Make up onlayn bo‘yanish maktabining asoschisi Irina Golubeva qaysi kosmetik vositalarni faqat tonal krem qo‘llangandan keyin ishlatish yaxshiroq ekanini aytib o‘tdi.

Qizil rangdagi lab bo‘yog‘i

Tonal kremsiz yashay olmaydigan birinchi mahsulot qizil va qizg‘ish rangga ega bo‘lgan barcha lab bo‘yog‘idir. Ushbu ranglardagi lab bo‘yog‘i agar tonal kremisiz qo‘llanilsa, terining barcha yallig‘lanishi, qizarishi va notekisligini ta’kidlaydi.

Shuningdek, hech qachon labni qalamsiz lab bo‘yog‘i bilan bo‘yamaslik kerak. Lab bo‘yog‘iga mos keladigan qalam lab chizig‘ini haddan tashqari oshirib yubormaslikka yordam beradi. Qolaversa, lablarni maxsus cho‘tka bilan bo‘yash tavsiya etiladi.

Ten

Tonal kremisiz qo‘llanilmasligi kerak bo‘lgan keyingi mahsulot quruq tenlardir. Busiz mahsulot tezda pastki qovoq va yonoqlarga yoyilib ketadi va bir muncha vaqt o‘tgach, butun makiyajni yo‘qqa chiqaradi.

Tenlarni qo‘llashdan oldin ko‘z qovoqlarining terisini oldindan tayyorlash kerak: ko‘z qovog‘iga biror namlantiruvchi krem, so‘ngra tonal yoki konsiler qo‘llash mumkin. Shundan keyingina ten qovoq terisiga yaxshi o‘rnashadi va bo‘yalib ketmaydi.

Quruq skulptor

Skulptor ham oldindan tayyorlangan yuz terisiga qo‘llanilishi kerak. Agar u teriga tonalsiz qo‘llanilsa, mahsulot kulrang dog‘lar sifatida paydo bo‘ladi va kerakli yuz konturi chiqmaydi. Bunday holda makiyaj mukammal bo‘lmaydi.

Bronzer

Ushbu go‘zallik mahsuloti teriga toblangan, tinchlangan ko‘rinish berish uchun mo‘ljallangan. Uni toshma, yallig‘lanish, dog‘lar, ko‘z ostidagi ko‘karishlar bilan teriga qo‘llash mumkin emas. Teri oldindan tayyorlangan bo‘lmasa, bronzer faqat yuqoridagi barcha kamchiliklarni ta’kidlaydi va estetik bo‘lmagan sariq dog‘larga o‘xshash ko‘rinish beradi.

Bundan tashqari, tonal kremni nam sponj bilan qo‘llash tavsiya etiladi. U yuzdagi ortiqcha yog‘larni o‘zlashtiradi va iloji boricha teriga yengil singib ketadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!