Bosh sahifaGoʼzallikTonal krem, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress: Yuzda husnbuzar va qora nuqtalar paydo bo‘lishining asosiy sabablari

Tonal krem, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress: Yuzda husnbuzar va qora nuqtalar paydo bo‘lishining asosiy sabablari


Terini noto‘g‘ri parvarish qilish tiqilib qolgan teshiklarga, husnbuzar va qora nuqta paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Uning haqiqatga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak? “Noviy ochag” nashri teri har doim tiniq va benuqson bo‘lishi uchun qanday xatolardan qochish kerakligi haqidagi maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Noto‘g‘ri tarkibga ega kremlar

Ko‘pincha bu oziqlantiruvchi kremlarning aybi bo‘lib, ular, bir tomondan, terini uni vitaminlar bilan to‘yintiradi, boshqa tomondan esa toshmalarga sabab bo‘ladi. Kremning qadoqlanishini diqqat bilan o‘rganish tavsiya etiladi: agar kompozitsiyada lanolin asetat (atsetillangan lanolin spirti) va butil stearat (butil stearat) bo‘lsa, bu komponentlar teshiklarning tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Tabiiy yog‘lar

Tabiiy yog‘larning afzalliklari haqida bir necha bor gapirilgan, lekin ba’zi yog‘lar teri teshiklarining tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin. Bu ko‘proq zaytun va kakao moyiga tegishli. Shuning uchun kosmetik aralashmalardan foydalanish tavsiya etiladi — bu ma’noda ular butunlay xavfsizdir.

Yetarlicha tozalamaslik

Makiyajni faqat suv, ko‘pik yoki gel bilan yuvish ko‘pincha yetarli bo‘lmaydi. Kosmetika qoldiqlari shunchaki ko‘z bilan ko‘rinmaydi, lekin juda tez orada qora nuqta, husnbuzar ko‘rinishida tashqariga chiqishi mumkin. Shuning uchun avval iliq suv va tozalash vositasida, keyin qoldiqlarni mitselyar suv bilan tozalash kerak.

Tonal krem

Quyuq tonal kremlar terining nafas olishiga imkon bermaydi va teshiklarning tiqilib qolishiga olib keladi. Agar terida hunsbuzar bo‘lsa, uni tonal krem ​​bilan niqoblamaslik kerak — bu vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Husnbuzarlarni kosmetik vositalar bilan yashirishdan ko‘ra, uni bartaraf etish usullarini sinab ko‘rish lozim.

Noto‘g‘ri ovqatlanish

Noto‘g‘ri ovqatlanish nafaqat vaznga, balki teriga ham zarar yetkazadi. Yog‘ bezlarining ishini achchiq va yog‘li ovqatlar, shirinlik va boshqa yeguliklar orttiradi. Albatta, hamma narsadan cheklanish — bu muvaffaqiyatsizlikka uchragan tashabbus, lekin teri go‘zalligi uchun ko‘proq sabzavot iste’mol qilish, ko‘p miqdorda oddiy suv ichish va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish zarur.

Organizmda rux tanqisligi

Komedonlarning yana bir keng tarqalgan sababi organizmga rux moddasining yetishmasligidir. Bu element nafaqat terining, balki soch va tirnoqlarning ham go‘zalligi uchun juda muhimdir — u gormonlar muvozanatini, immunitet ko‘rsatkichlarini va hujayra bo‘linishining normal tezligini tartibga soladi. Ruxning yetishmasligi ham yog‘ bezlarining noto‘g‘ri ishlashiga olib keladi.

B5 vitaminining yetishmasligi

Teri toshmasi va tiqilib qolgan teshiklar paydo bo‘lishining yana bir ichki sababi B5 vitamini yetishmasligidir. Shuning uchun ratsionni vitaminga boy mahsulotlar bilan boyitish lozim.

Haddan tashqari ko‘p tozalash

Terini tez-tez piling va tozalash yog‘ bezlarini teri juda qurishiga olib kelishi mumkin. Yog‘ bezlari me’yorda ishlashi uchun terini, aksincha, ko‘proq namlash kerak va skrablarni haftada 1-2 martadan ko‘p bo‘lmagan holda ishlatish lozim. Aytgancha, xuddi shu narsa salitsil kislotasini o‘z ichiga olgan losionlariga ham tegishli — ular terini tozalash o‘rniga teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Stress

Barcha kasalliklar asabiylikdan kelib chiqadi. Teshiklarning tiqilib qolishi ham kuchli stress va tananing umumiy noto‘g‘ri ishlashi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun sressga tushmaslik va hotirjamlikni saqlash tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!