Bosh sahifaMaslahatlarGaz plitasining “umrini” qisqartiradigan xatolar

Gaz plitasining “umrini” qisqartiradigan xatolar


Gaz plitasining uzoq vaqt davomida to‘g‘ri ishlashini istasangiz, quyidagi xatolarni takrorlamaslik tavsiya etiladi, deb yozadi Lifehacker.

Foto: Lifehacker

Foydalanuvchi qo‘llanmasiga amal qilmaslik

Albatta, uni o‘qish juda zerikarli, lekin u gaz plitasiga g‘amxo‘rlik qilish haqida foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha qanday harakatlardan qochish va buzilish holatlarida nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Shuning uchun uskunani sotib olgandan keyin ko‘rsatmani yo‘qotib qo‘ymaslik kerak.

Ovqat pishirish vaqtida chalg‘ish

Suv qaynayotganda yoki taom pishirilayotganda boshqa ishlar ham amalga oshirilishi mumkin. Ammo bu vaqtda plitaga suv yoki suyuqlik to‘kilishi natijasida muammolar yuzaga keladi. Bu esa qurilmaning ishlashiga zarar yetishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqtda gaz plitasini e’tiborsiz qoldirmaslik va agar biror narsa to‘kilsa, dog‘ning qurib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Gaz konforkalarini tozalamaslik

Agar gaz avvalgidek yaxshi yonmayotgan bo‘lsa, uning konforkalarini tozalash vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Bu muammoni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak, aks holda gaz ta’minoti yomonlashadi va qurilma ishdan chiqadi. Tozalashdan oldin gazni o‘chirishni unutmaslik lozim.

Shisha plitani tez-tez tozalamaslik

Shisha plita zamonaviy qurilmalardan biri, ammo unga to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilinmasa, chiziq, dog‘ va yog‘lar uning chiroyli ko‘rinishini yo‘qqa chiqaradi. Shuning uchun biror narsa pishirilgandan so‘ng plitani darhol tozalash kerak, shundagina u uzoq vaqt davomida asl ko‘rinishini saqlab qoladi.

Tozalash paytida plita ustiga ko‘p suv quyish

Bu qisqa tutashuvga va zang paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Har qanday suyuqlikni plita ustiga quymaslik kerak, tozalash uchun gubkani namlash va undan foydalanish tavsiya etiladi. So‘ngra yuza quruq mato bilan artib olinadi.

O‘tkir kimyoviy tozalash vositalaridan foydalanish

Uyda mavjud bo‘lgan tozalash mahsulotlari ko‘pincha kimyoviy moddalarga boy o‘tkir vositalarga qaraganda samaraliroq va xavfsizroqdir. Misol uchun, oddiy iste’mol sodasi qoraygan yoki kuygan joyni yaxshi tozalaydi. Uni plita yuzasiga sepib, nam latta bilan artib olish kerak. Agar dog‘ ketmasa, soda ustiga sirka quyish va yana ishqalash tavsiya etiladi.

Plitani simli cho‘tka yoki shimgich bilan tozalash

Ular qurilmaga osongina zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun ular tozalash uchun mutlaqo yaroqsiz deb hisoblanadi. Plitani tozalash uchun yumshoq mato yoki gubkani ishlatish lozim.

Gaz hidiga e’tiborsizlik

Gazning hidi qurilma bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Agar u juda kuchli yoki qurilma o‘chirilgandan keyin ham paydo bo‘lsa, darhol mutaxassisga murojaat qilish lozim. Bu vaqtgacha gazni o‘chirib, derazalarni ochib, chiroqlarni o‘chirish zarur.

Nosozlikni tuzatishga urinish

Nima bo‘layotganini bilsangiz ham ta’mirlashni professionallarga ishongan ma’qul. Qurilmaning ichki qismini ochib ko‘rish va qayta yig‘ish natijasida xatolik yuz berishi va bu boshqa jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Gaz va elektr energiyasi bilan hazillashmaslik kerak.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!