Bosh sahifaSalomatlikKuz va qish mavsumida tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan D vitaminiga boy 6 ta mahsulot

Kuz va qish mavsumida tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan D vitaminiga boy 6 ta mahsulot


D vitamini organizm uchun juda ham zarur: bu sog‘lom metabolizmga, energiya darajasiga, foydali kalsiyni so‘rilishiga yordam beradi va hatto miyaning kognitiv funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Voyaga yetgan kishi har kuni ushbu vitaminni 400-600 ME (xalqaro birlik) olishi kerak. Yozda buning uchun quyoshda 10-15 daqiqa bo‘lish yetarli bo‘lsa, quyoshsiz va sovuq mavsumda qo‘shimcha vitaminlarni qabul qilish mumkin. “Noviy ochag” nashri “quyosh nuri” vitaminiga boy va bahorgacha organizmni sog‘lom va faol hayot kechirishiga yordam beradigan masulotlar ro‘yxati bilan tanishtirdi.

Foto: “Noviy ochag”

Qo‘ziqorin

Foto: “Noviy ochag”

Atigi 100 gramm qo‘ziqorin kundalik ehtiyojni butunlay qondirish uchun D vitaminini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun uni taomlarga qo‘shish yoki undan salatlar tayyorlash tavsiya etiladi.

Losos balig‘i

Foto: “Noviy ochag”

Losos balig‘i foydali vitamin tarkibi bo‘yicha shubhasiz chempiondir. Organizmga “quyosh” vitaminining kerakli darajasini saqlab qolish uchun haftada ikki porsiyadan bu baliqni iste’mol qilish kifoya qiladi.

Paltus balig‘i

Foto: “Noviy ochag”

Bu baliqning 100 grammi D vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 250 foizini o‘z ichiga oladi. Paltus yurak va qon tomirlari salomatligi uchun zarur bo‘lgan sog‘lom yog‘ kislotalariga ham boy.

Qisqichbaqa

Foto: “Noviy ochag”

100 gramm qisqichbaqa D vitaminining kunlik ehtiyojining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Asosiysi, bu foydali dengiz mahsulotlarining porsiyasida tuz ko‘p bo‘lmasligiga ishonch hosil qilish — ortiqcha natriy yurak va boshqa a’zolar uchun juda xavflidir.

Tuxum

Foto: “Noviy ochag”

Tuxumlar yordamida D vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirib bo‘lmaydi, chunki bir dona tuxum kunlik ehtiyojning atigi 4 foizini o‘z ichiga oladi, ammo ularni qo‘shimcha taom sifatida iste’mol qilish mumkin. Tuxumni o‘z ichiga olgan nonushta eng sog‘lom ertalabki taomlardan biridir.

Pishloq

Foto: “Noviy ochag”

100 gramm pishloq D vitamini uchun kunlik ehtiyojning 3 foizini qoplaydi. Pishloqni muntazam iste’mol qilish insult xavfini kamaytirishga yordam beradi va qon tomirlari va yurak salomatligini yaxshilaydi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!