Bosh sahifaMaslahatlarKechasi qorin ochganda nima iste’mol qilish kerak? Nutritsiologdan maslahatlar

Kechasi qorin ochganda nima iste’mol qilish kerak? Nutritsiologdan maslahatlar


Kechasi ovqatlanish ko‘p ham foydali emas: organizm va hazm qilish tizimi miyaning uxlab qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo ochlik ham insonning uyqusiga ta’sir qilishi mumkin. Agar tunning yarmida biror narsa iste’mol qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, buni to‘g‘ri bajarish kerak. “Noviy ochag” nashri nutritsiolog bilan birgalikda tungi gazak uchun nima tanovul qilish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Legion Media

Kurka filesi

“Kurka go‘shtida L-triptofan mavjud bo‘lib, u yengillik va uyquchanlik hissini keltirib chiqaradi, oqsil esa organizmni to‘yintiradi”, — deya tavsiya qiladi Morissa Meshulam.

Pishloqli kreker

Pishloq tarkibida melatoninga aylanadigan va uxlashga yordam beradigan oqsil va triptofan mavjud. Krekerlarda to‘qlik hissini beruvchi kletchatkalar bor. Shakarning ortiqchasi noxush holatga olib kelmasligi uchun uni haddan oshirmaslik kerak. Shuning uchun bodom unidan tayyorlangan krekerlarni tanovul qilish tavsiya etiladi.

Sabzavotlar va yong‘oqli pyure

“Odamlar ko‘pincha sabzavotni yaxshi ko‘rishini unutadi, ular foydaning haqiqiy koni”, — deydi Amanda Frankeni. Ikki qoshiq yong‘oqli pyure oqsil, kletchatka va to‘qlik bilan ta’minlaydi.

Pista bilan gilos

Gilosda melatonin mavjud, pista esa oqsil va yog‘ga boy. Ajoyib gazak. Ham qorin to‘yadi, ham uyqu keladi.

Yeryong‘oq moyi va banan

“Meva tarkibida mushaklarni bo‘shashtirishga yordam beruvchi kaliy va qondagi qand miqdorini tartibga soluvchi murakkab uglevodlar mavjud. Uni sog‘lom, to‘yingan yog‘ va uyquni qo‘zg‘atuvchi triptofan manbai bo‘lgan yeryong‘oq moyi bilan aralashtirish kerak”, — deydi mutaxassis.

Oqsilli batonlar va boshqa gazaklar

“Yong‘oq, bodom va pista tarkibida tabiiy melatonin, oqsil va magniy mavjud bo‘lib, ular to‘qlik hissini beradi va uyqu chaqiradi”, — deydi Frankeni. Ayniqsa tunda bu mukammal tanlovdir. Eng muhimi, shokoladli, qahvali va shakar miqdori bo‘lganlardan voz kechish kerak.

Qanday qilib kechasi ochlikdan uyg‘onmaslik mumkin?

Bu balki yetarlicha ovqatlanmaslik tufayli bo‘lishi mumkin. Agar tez-tez kechasi och qolgandan uyg‘onish kuzatilsa, bu organizmdagi muammolardan ham darak beradi. Shunchaki qorin ochganda uyg‘onib ketib, tonggacha uyqusizlikni boshdan kechirmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi.

  • yotishdan oldin qo‘shimcha gazak iste’mol qilish;
  • kun davomida foydali mahsulotlar iste’mol qilish;
  • oz-ozdan va tez-tez ovqatlanish.
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!