Bosh sahifaSalomatlikHomiladorlik davrida qahva ichish mumkinmi?

Homiladorlik davrida qahva ichish mumkinmi?


Gap qahvaning o‘zi haqida emas, balki uning tarkibidagi kofein haqida ketmoqda. Qahvaning ortiqcha miqdori homiladorlik davrida zararli bo‘lishi mumkin, deb yozadi Lifehacker.

Foto: Pinterest

Qahva homilador ayollarga qanday zarar yetkazishi mumkin?

Kofein qon tomirlarini, shu jumladan bachadon va yo‘ldoshni toraytiradi. Shuning uchun homiladorlik davrida qon miqdori yetarlicha bo‘lmasligi kuzatiladi. Qahva iste’moli tug‘ilajak bolaning og‘irligiga ham ta’sir qiladi, ya’ni bolaning vazni me’yordan kam bo‘lishi ehtimoli mavjud. Hattoki kofeinni haddan tashqari orttirib yuborish homilaning o‘lim xavfini oshirishi mumkin.

Homilador ayollar qahva ichishi kerakmi?

Albatta, ha, qahva vitamin va antioksidantlarni o‘z ichiga oladi va Alsgeymer hamda yo‘g‘on ichak saratoni kabi turli surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, homilador ayollarga ko‘pincha birinchi trimestrda bu ichimlik tetiklantiruvchi va energiya manbai sifatida tavsiya etiladi.

Shuningdek, qahva uni sevib ichuvchilar uchun o‘ta zararli bo‘lmagan tarzda zavqlanish imkoniyatini beradi. Sababi bo‘lajak onalar vaqti kelib yaxshi ko‘rgan ayrim mahsulot va ichimliklardan voz kechishi kerak.

Homilador ayollar qancha qahva ichishi mumkin?

JSST kuniga 300 mg dan kam kofein iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Bu taxminan uch stakan qahva yoki ikki stakan espresso deganidir. Ya’ni miqdorni oldindan aniq aytib bo‘lmaydi, kofein miqdori qahva turiga va uni tayyorlash usuliga ham bog‘liq.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, me’yordagi qahva iste’moli ona yoki homila salomatligiga ta’sir qilmaydi.

Ammo bularning barchasi homilador ayolning qahvani me’yorda ichishi, keyin esa kun bo‘yi choy ichishi mumkin degani emas. Gap shundaki, kofein qora va ko‘k choy, shokolad va gazlangan suvning ayrim turlarida ham mavjud. Shuning uchun tarkibida kofein mavjud bo‘lgan mahsulot va ichimliklarni qabul qilishda e’tiborli bo‘lish lozim.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!