Bosh sahifaMaslahatlarKonditsionersiz xonada tezroq uxlab qolish uchun oddiy hamda samarali tavsiyalar

Konditsionersiz xonada tezroq uxlab qolish uchun oddiy hamda samarali tavsiyalar


“Noviy ochag” nashri konditsioner bo‘lmaganda, issiq xonada tezroq uyquga ketish bo‘yicha samarali maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Choyshablar

  • Birinchidan, ipak choyshab tanlash tavsiya etiladi. Tabiiy tolali matolar issiqda tanani qizitib yubormaydi.
  • Ikkinchidan, iplarning minimal soniga ega bo‘lgan eng nozik matoli choyshabni tanlash yaxshiroq. Boshqacha qilib aytganda, to‘rli paxta yoki zig‘ir choyshab eng yaxshi tanlov bo‘ladi.
  • Uchinchidan, uyquga yotishdan bir necha soat oldin barcha choyshablarni muzlatkichga qo‘yish mumkin. Uning sovuqligi uxlab qolish vaqti uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Kiyimlar

Bunday vaqtda avvalo kiyim ham teriga issiqdan ko‘ra ko‘proq noqulaylik tug‘dirmasligi kerak. Shuning uchun yoz mavsumiga mos, tungi, uyqu uchun tabiiy materiallardan tayyorlangan yengil pijamalarni tanlash tavsiya etiladi.

Dush qabul qilish

Yana bir tavsiya, yotishdan oldin salqin dush oling. U kun davomida to‘plangan barcha chang va terlarni yuvadi. Natijada organizm o‘zini yengil his qiladi. Bundan tashqari, tozalik va qulaylik hissi yana yarim soat davom etadi.

Salqinlash uchun

Isitish (grelka) yostig‘ini olib, ichiga sovuq suv quying va muzlatkichga qo‘ying. Yotoqqa to‘shalgan ko‘rpacha va choyshab ostiga grelka qo‘yiladi. U yotoqni sovitishi kerak. Ammo uni to‘g‘ridan to‘g‘ri bel ostiga qo‘yish nafas olish organlari yoki buyraklarni shamollatishi mumkin.

Yana bir usul — sovuq kompresslardan foydalanish. Ularni bukilish joylariga — tirsak va tizzalar, tovonlar, boldir va bilaklarga qo‘llash tavsiya etiladi.

Agar xonada ventilyator bo‘lsa, uning oldiga muz bilan to‘ldirilgan idish qo‘yish kerak. Bunday holda, uni to‘liq quvvat bilan yoqish shart emas. Yengil salqin shabada ham xona haroratini me’yorda ushlab turadi.

Tezroq uxlab qolish uchun tananing qismlariga qulaylik yaratish juda ham muhim. Masalan, sochlar uchun bo‘lsa, ularni boshning yuqori qismiga turmaklash lozim. Aks holda yoyilgan sochlar badanning qizishi hamda terlashiga olib keladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!