Bosh sahifaMaslahatlarNima uchun bola uyqusida tishlarini g‘ichirlatadi? Muammoning 6 ta eng keng tarqalgan sababi

Nima uchun bola uyqusida tishlarini g‘ichirlatadi? Muammoning 6 ta eng keng tarqalgan sababi


Tibbiyotda jag‘larning beixtiyor bir necha marta qisilishi natijasida tishlarning g‘ichirlashi “bruksizm” deb ataladi. U asosan kechalari o‘zini namoyon qiladi va qo‘shimcha ravishda, bosh og‘rig‘i va quloqlarda shovqin kabi ko‘plab jismoniy og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Ko‘pincha bruksizm bolalarda kuzatiladi. Bunga tishlardagi muammo sababmi? Ushbu savollarga javob tariqasida “Noviy ochag” nashri to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.

Foto: “Noviy ochag”

Sleep Foundation ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning turli burchaklarida bolalarning 6 dan 50 foizigacha bo‘lgan qismi bruksizmdan (odonterizm va Karolini fenomeni deb ham ataladi) aziyat chekadi. Tishlarning tungi g‘ichirlashi juda qo‘rqinchli eshitiladi. Shu bilan birga, ota-onalarning o‘zi har doim ham shifokorlarga maslahat uchun shoshilmaydi, chunki bu muammo bolalarning katta bo‘lishi bilan o‘z-o‘zidan o‘tib ketishiga ishonadi. Chindan ham shundaymi? Mutaxassislar bu masalada bahslashishga tayyor. Aslida, bruksizm — bu bolaning sog‘lig‘i uchun noxush oqibatlarga olib keladigan fiziologik kasallik bo‘lib, shifokorga murojaat qilishni talab qiladi. Bruksizmni keltirib chiqargan sabablarga ko‘ra shifokor tashxis qo‘yadi hamda kerakli muolajalarni buyuradi.

Stress

Stress va bruksizmning erta boshlanishi o‘rtasida tasdiqlangan bog‘liqlik bor, ammo qaysi biri qo‘zg‘atuvchi va qaysi oqibat ekanini aniqlash uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi. Biroq tibbiy adabiyotlarda stressning yosh bolalarga ta’sirini o‘rgangan tajribalar ham mavjud. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘zlarini noqulay muhitda ko‘rgan bolalar, ko‘pincha, uxlayotganida tishlarini qichirlatadi. Maktab yoshidagi bolalarda bruksizm dars yuklamalari va baholar haqida tashvishlanish tufayli haddan tashqari hissiy zo‘riqishlarga reaksiya bo‘lishi mumkin.

Tunda bruksizm bilan og‘rigan bemorlar tekshirilganda, stress gormonlarining ko‘payishi, jumladan, buyrak usti bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan kortizol miqdorining ortishi aniqlangan.

Tashvishlanish

Ko‘pincha, kechasi tishlarini g‘ichirlatishdan shikoyat qiladigan bemorlar bezovta, tashvishli va himoyasiz bolalarda kuzatiladi, ular juda mas’uliyatli bo‘lib, muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirishi qiyin. Bolalarda psixikaning himoya mexanizmi hali mavjud emas. Ular hissiy stressga kattalarga qaraganda yomonroq moslashadi. Mayo klinikasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashvishlanishi kuchaygan yosh bemorlarda bruksizmning namoyon bo‘lishi faqat yoshga qarab ortishi mumkin.

Stomatologik muammolar

Bruksizmning keng tarqalgan sababi jag‘ suyaklarining noto‘g‘ri joylashuvidir. Tishlarning yomon yopilishi bilan jag‘ mushaklari kun davomida kuchaygan stressga duchor bo‘ladi va kechasi ular spazm bilan reaksiyaga kirishadi. Shuningdek, bruksizm birinchi navbatda turli xil ortodontik tuzilmalarni, masalan, palatal kengaytirgichlar yoki braketlarni taqishga majbur bo‘lgan bolalarda ham kuzatilishi mumkin.

Tish chiqishi

Tish chiqishi paytida, milkdagi qichishish va og‘riq hatto kechasi ham tinch qo‘ymaydi. Jag‘ni siqish — bu tishlarni qichishishining oldini olish uchun urinishdir. Bunday holda, bruksizm vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Adenoidning kattalashuvi

Bolaning burun bo‘shlig‘ida limfoid to‘qimalarning o‘sishi bilan nafas olish qiyinlashadi. Tibbiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bu muammoga duch kelgan bolalarning 80 foizi u yoki bu bosqichda og‘iz orqali nafas olishga reaksiya sifatida bruksizmni rivojlantiradi.

Uyquning buzilishi

Zamonaviy pediatrlar bruksizmni uyqusizlik va tungi enurez kabi jiddiy muammolar bilan bir qatorga qo‘yishadi. Agar bola vaqti-vaqti bilan emas, balki doimiy ravishda tishlarini g‘ichirlatsa, u tekshirilishi va kerak bo‘lganda davolanishi kerak. Bruksizm birinchi qarashda ko‘rinadigan darajada zararsiz emas. Jag‘larning spazmi tish emalining yemirilishiga yordam berishiga qo‘shimcha ravishda, xurujlar paytida bolada yurak urishi tezlashishi, bosim oshishi, bosh va bo‘yin og‘rig‘i xavfi ortadi.

Qanday chora ko‘rish kerak?

Bruksizmning dastlabki belgilarida ikkita mutaxassisdan maslahat olish kerak — nevrolog va stomatolog. Nevrolog bolada markaziy asab tizimining buzilishi bilan bog‘liq sabablarni aniqlashga yordam beradi, giperaktiv yoki haddan tashqari tashvishli chaqaloqning ruhiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun tish shifokori kerak. Agar ular sabab bo‘lsa, unda tishlarning holatini tuzatish uchun ortodontistga murojaat qilish mumkin. Mutaxassis noqulaylikni yengillashtiradigan va ushbu noxush davrdan osonroq o‘tishga yordam beradigan maxsus og‘riq qoldiruvchi maz va gellarni maslahat beradi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!