Bosh sahifaMaslahatlarYillar davomida uyda saqlanib keladigan eng keraksiz 11 ta narsa

Yillar davomida uyda saqlanib keladigan eng keraksiz 11 ta narsa


Ko‘pincha inson uyda juda ko‘p keraksiz narsalar to‘planishini sezmaydi. Shuning uchun tartibsizlik nafaqat uyning yangi dizaynda ko‘rinishga, balki ruhan qayta yangilanishga ham to‘sqinlik qiladi. Marie Claire nashri uyidagi ortiqcha narsadan xalos bo‘lishga qaror qilganlarga ishni nimadan boshlash kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Eski kiyimlar

Yillar davomida eskirgan va kiyilmaydigan kiyimlar har qanday garderobdan yoki shkafning yuqori qismidan topiladi. Ularni, garchi kiyilmasa ham, tashlab yuborishga ko‘z qiymaydi. Shuning uchun ishni aynan eskirgan kiyimlarni uydan chiqarishdan boshlash kerak. Masalan, ularni kimlargadir berib yuborish ham mumkin.

Bo‘sh qutilar

Ba’zida odamlar negadir uzoq vaqt davomida jihoz yoki poyabzalning bo‘sh qutilarini saqlaydi. Ammo agar yaqin vaqtda qutilar kerak bo‘lmasa va ulardan foydalanilmasa, qutilardan ham qutulish vaqti keldi.

Keraksiz poyabzal

Shuningdek, har mavsumda yangilanadigan poyabzallar soni ham yillar mobaynida ko‘payib ketadi. Ularni hattoki qayeradir sig‘dirish ham muammo tug‘dirladi. Xo‘sh, ushbu poyabzallar endi to‘g‘ri kelmasligi uchun kiyilmaydimi yoki tagligi singanmi? Bularning barchasi poyabzaldan qutulish uchun asosli sabablardir. Agar ular yaxshi holatda bo‘lsa — sotish yoki xayriyaga berish mumkin. Yoki shunchaki ta’mirlatib, kiyish, bunig ham iloji bo‘lmasa, tashlab yuborish tavsiya etiladi.

Keraksiz bezaklar

Uzoq vaqt davomida taqilmasdan yotgan zargarlik buyumlari ham uydan ketish uchun nomzoddir. Yaxshisi, ularni kimgadir bergan yoki sotuvga qo‘ygan ma’qul.

Eski telefonlardan simlari va g‘iloflari

Yana bir foydasiz hamda tushunarsiz odat — buzilgan quvvatlagichlar va endi foydalanmaydigan telefon g‘iloflarini saqlash. Bularning barchasidan boshqa hech qachon foydalana olmaslikni tan olish va ularni chiqindiga tashlash lozim.

Qog‘oz chiqindilari

Eski eslatmalar, kafolat cheklari, endi kerak bo‘lmagan shartnomalar — bularning barchasi ba’zan odamlar tomonidan o‘nlab yillar davomida saqlanadi. Keraksiz qog‘ozlarni ham yuqoridagidek chiqindiga chiqarish uy tozaligi hamda salomatlik uchun ham muhim.

Muddati o‘tgan kosmetika va dori-darmonlar

Uyda vaqti-vaqti bilan kosmetika va dori-darmonlarni saralash va har bir mahsulotni yaroqlilik muddatini tekshirish lozim. Yaroqlilik muddati o‘tgan vositalar va tabletkalarni darhol chiqindi qutisiga tashlash kerak.

Buzilgan o‘yinchoqlar

Uyda bolalar o‘yinchoqlariga ham alohida ahamiyat berish kerak. Darhol singan va buzilganlaridan xalos bo‘lish lozim. Borid-yu, bolalar o‘yinchoq o‘ynash yoshidan o‘tgan bo‘lsa, ularni mehribonlik uylariga topshirish yanada yaxshi.

Eskirgan idishlar

Singan, darz ketgan idishlar xunuk ko‘rinishidan tashqari, sog‘liq uchun ham zararlidir. Ular bu bilan foydali jihoz emas, balki bakteriyalar o‘chog‘iga aylanadi.

Juftsiz juft narsalar

Ma’lum bir juft paypoq, qo‘lqop yoki ziraklarni qanchalik yaxshi ko‘rishingizdan qat’i nazar, agar ulardan biri yo‘qolgan bo‘lsa, ikkinchisini saqlashdan foyda yo‘q.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!