Bosh sahifaGoʼzallikYoshlik ratsioni: qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradigan 8 ta mazali mahsulot

Yoshlik ratsioni: qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradigan 8 ta mazali mahsulot


Chiroyli hamda yosh terini saqlab qolish uchun ko‘pincha barcha turdagi kosmetika mahsulotlari xarid qilinadi va yangi muolajalar sinovdan o‘tkaziladi. Biroq hammasini boshidan yaxshilash lozim — bu terining holatiga bevosita ta’sir qiladigan kundalik ovqatlanish. Marie Claire qarish jarayonini kechiktirish uchun ratsionga qanday mahsulotlar kiritish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Pekin karami

Foto: Marie Claire

Bu karam lutein va zeaksantinga boy bo‘lib, ular terining elastikligini oshiradi va ichki tomondan organizmni suyuqlik bilan ta’minlaydi. Lutein esa terini quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi.

Qora shokolad

Foto: Marie Claire

Bu g‘alati tuyilishi mumkin, ammo shunga qaramay qora shokolad qarishga qarshi xususiyatlarga ega. Kakao antioksidantlarga boy bo‘lib, ular ultrabinafsha nurlarining zararlarini kamaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va terining namlikni saqlab turishiga yordam beradi.

Rezavorlar

Foto: Marie Claire

Aksariyat rezavorlar C vitamini — teri qarishiga qarshi umumiy moddalarga boy. Shuningdek, erkin radikallarning zararli ta’siriga qarshi kurashadigan antioksidantlar ham mavjud.

Yong‘oq

Foto: Marie Claire

Yong‘oq omega-3 yog‘lari va antioksidantlarning ajoyib manbai bo‘lib, ular terini namlaydi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Uzum

Foto: Marie Claire

Uzum tarkibida terini erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiluvchi tabiiy polifenol bo‘lgan resveratrol mavjud. Bundan tashqari, resveratrol kollagen ishlab chiqarishni yaxshilashga yordam beradi va shu bilan terini elastik va yorqin qiladi.

Anor

Foto: Marie Claire

Anorning faol ellagik kislota komponenti tabiiy ravishda ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Eksperimental dermatologiya jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ellagik kislota kollagenning parchalanishini oldini oladi va terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.

Qahva

Foto: Marie Claire

Ushbu ichimlikning sog‘liq uchun xavflari haqida hanuzgacha bahs-munozaralar mavjud, ammo kuniga bir chashka qahva yuz terisi qizarishi bilan kurashishga yordam berishini va teri saratoni xavfini kamaytirishini isbotlovchi tadqiqotlar mavjud.

Yog‘li baliq

Foto: Marie Claire

Tarkibida mavjud bo‘lgan sog‘lom omega-3 yog‘lari teri go‘zalligini saqlashga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, omega-3 yog‘ kislotalari quyosh ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanishni kamaytiradi, shuningdek tabiiy kollagenning zarur miqdorini saqlaydi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!