Bosh sahifaSalomatlikQuloqlar bitishining sababi nima va unga qarshi qanday kurashish mumkin?

Quloqlar bitishining sababi nima va unga qarshi qanday kurashish mumkin?


Ko‘pchilik, ehtimol, balandlikka ko‘tarilayotganda, samolyotda uchganida yoki metroga tushayotganda to‘satdan quloqlarning bitib qolishiga duch kelgan. Aslida ushbu holatda og‘riq sezilmaydi, lekin noqulaylik paydo bo‘ladi. Shuning uchun bu hodisaning sababini topish va u bilan qanday qilib to‘g‘ri kurashishni o‘rganish muhimdir, deb yozadi “Woman”.

Foto: Pinterest

Quloq bitishi: sabablar

Agar quloqlar bitsa, buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Asosiy sabablardan biri yuqori balandlikda, chuqurlikda yuzaga keladigan bosimning keskin pasayishi hisoblanadi. Bunday sharoitda quloq tezda qayta tiklana olmaydi va quloq pardasi quloq ichidagi bosimni muvozanatlashtiradigan naychaga bosila boshlaydi. Bunday jarayon quloqlarni bitishiga olib keladi. Buning sabablari prinsipial jihatdan aniq, bir muncha vaqt o‘tgach, quloq ochiladi, ammo bu hodisa ba’zi hollarda og‘riq bilan birga kuzatiladi.

Quloqlarning bitishi kam tarqalgan, ammo muhim sabablaridan biri ba’zi ichki organlar bilan bog‘liq muammolar tufayli bo‘lishi mumkin. Ya’ni quloq va tomoq orasidagi naycha yallig‘lanish jarayonida ushbu holat yuzaga keladi. Ko‘pincha yallig‘lanish shamollash yoki oddiy tumov natijasida kuzatiladi. Shuning uchun shamollash vaqtida LOR shifokoridan maslahat so‘rash tavsiya etiladi. Shuningdek, naychadagi muammo burundagi polip, gaymorit yoki adenoid tufayli rivojlanishi mumkin.

Agar quloqlar bitishida yuqoridagilar sabab bo‘lmasa, eshitish qobiliyatining yo‘qolishi yuzaga kelayotgan bo‘lishi mumkin. Bu qon kam ta’minlangan eshitish nervining shikastlanishi tufayli paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik bunday muammoga e’tibor bermaydi, chunki shovqinli joylarda eshitish qobiliyatini yo‘qotishning asosiy belgisi quloq bitishidir.

Shuningdek, quloq bitishi sababi yurak muammolari, gipertoniya, ishemik miya kasalligi va bir qator miya shikastlanishlari bo‘lishi mumkin.

Quloq bitishining yana bir sababi bolalikda o‘tkazilgan otit kasalligi tufaylidir. Shu sababli quloq pardalarida yopishqoqlik paydo bo‘ladi, bu ularning harakatchanligining yomonlashishiga olib keldi. Bunday holda, bitib qolgan quloqlar muammosi doimo bezovta qiladi.

Quloq bitishini qanday davolash mumkin?

Albatta, bu borada juda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki bu muammoni hal qilish uning sababi bilan bevosita bog‘liq. Agar quloqlar faqat balandlikka ko‘tarilayotganda yoki metroga tushayotganda bitib qolsa, unda hech qanday sog‘liq muammosi bo‘lmasligi mumkin, ammo baribir shifokor tomonidan to‘liq ko‘rikdan o‘tgan ma’qul.

Bunday holda, maxsus tomchi dorilari quloq bitishi uchun tez yordam bo‘lib xizmat qiladi, ularni burunga tomizish kerak, ammo bunday chora faqat muammoni zudlik bilan hal qilish kerak bo‘lgan ekstremal holatlarda qo‘llanilishi mumkin.

Quloq bitishiga qarshi kurashishning eng keng tarqalgan choralari:

  • esnayotgandek og‘iz bir necha marta ketma-ket ochiladi;
  • og‘iz yopiladi va burun qisilib, nafas ushlab turiladi;
  • konfetni olib, so‘rish boshlanadi, so‘lakni to‘plab, yutib yuboriladi;
  • kichik qultumlarda suv ichiladi;
  • agar chuqurlikda suzish tufayli quloqlar bitib qolsa, barmoqlar bilan burunni chimchilab, quloqdan suv chiqarishga harakat qilish kerak. Bu chora og‘riqni kamaytiradi, ammo agar yana takrorlansa, shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qilish kerak.
Har bir insonning qulog‘i bitadi, ammo buning sabablari butunlay asossiz va o‘z-o‘zidan o‘tib ketishi yoki aksincha, jiddiy sog‘liq muammolari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sog‘liqqa mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish orqali ko‘plab muammolardan himoyalanish kerak.Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!