Bosh sahifaSalomatlikIchaklar bilan bog‘liq muammo bormi? Birgina sabzavot hammasini bartaraf etishi mumkin

Ichaklar bilan bog‘liq muammo bormi? Birgina sabzavot hammasini bartaraf etishi mumkin


Shifokorlarning ma’lum qilishicha, faqat bitta va eng foydali sabzavotni tanlash kerak bo‘lsa, unda bu brokkoli bo‘lar edi. Birinchidan, bu sabzavot antioksidant, E vitamini, kaliy, kletchatka va magniyga boy. Ushbu vitamin va minerallar qon bosimini pasaytirishga, qonda shakar miqdorini me’yorda saqlashga yordam beradi va hatto saratonning ayrim shakllari xavfini kamaytiradi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: Super Food

Ammo brokkolining foydalari shu bilan tugamaydi — Journal of Functional Foods jurnalida chop etilgan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot bu sabzavot ichaklar uchun ajoyib xaloskor bo‘lishi mumkinligini tasdiqladi.

Brokkolining qanday foydali xususiyatlari bor?

Tadqiqot mualliflari, Pensilvaniya universiteti olimlari tajriba uchun sichqonlarining oddiy ratsioniga brokkoli qo‘shib, kuzatishni boshladi. Natijada, sabzavotni muntazam iste’mol qilgan hayvonlarda turli xil ichak kasalliklari — birinchi navbatda, kolit va ta’sirlangan ichak sindromi belgilari sezilarli darajada kamayganligi ma’lum bo‘ldi. Tadqiqot mualliflarining brokkoli odamlarga bir xil ta’sir ko‘rsatishi va oxir-oqibatda ma’lum ichak kasalliklaridan aziyat chekayotganlarga yordam berishiga ishonchi komil.

Ammo brokkolining siri nimada? Tadqiqot mualliflarining aytishicha, brokkoli me’dada indolokarbazol (ICZ) kabi boshqa birikmalarga parchalanadigan indol glyukozinolatlar deb ataladigan organik kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi. ICZ ichak bakteriyalarining sog‘lom saqlashga yordam beradi, bu Kron kasalligi va saratonning ayrim turlari kabi ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.

Brokkolini qancha iste’mol qilish kerak?

Tadqiqot egalari ichaklarga yordam berish uchun kuniga uch marta brokkoli iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ammo brokkolini yoqtirmaydiganlar uning o‘rniga Bryussel karamlarini tanovul qilish mumkin: u brokkolidan uch baravar ko‘p ICZga ega, ya’ni kuniga bir porsiya karam ichak muammolari uchun kifoya qiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!