Bosh sahifaGoʼzallikKam yuvish va yog‘lardan noto‘g‘ri foydalanish. Sochlarni parvarishlashda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar

Kam yuvish va yog‘lardan noto‘g‘ri foydalanish. Sochlarni parvarishlashda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar


Albatta, qalin va uzun sochlar ham doimiy parvarishni talab qiladi. Noto‘g‘ri yuvish, rang berish, muntazam ravishda fen bilan quritish, jingalaklash, tekislash va boshqa tashqi ta’sirlar soch tolalarini siyraklashib, to‘kilishining asosiy sabablaridir. Ammo oldindan umidsizlikka tushmaslik kerak, chunki malakali parvarish qilish ularning tabiiy porloqligini tezda tiklashi mumkin. Asosiysi Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri ta’kidlab o‘tgan ushbu xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishdir.

Foto: Pinterest

Sochlarni kam yuvish

Odamlar orasida sochlarni tez-tez yuvish ularning holatiga zarar yetkazadi, degan fikr bor. Biroq bosh terisi va sochlarga bosh terisi yuzasida joylashgan kir va yog‘ to‘planishi ko‘proq salbiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy shampunlar terining suv-lipid balansini meyorlashtirishga hissa qo‘shadi va hatto kundalik yuvishda ham zarar yetkazmaydi.

Soch parvarishi mahsulotlari uchun juda oz mablag‘ sarflash

Hech qanday vosita darhol mo‘jizani kafolatlay olmasa-da, trixologlar yaxshi tarkibga ega bo‘lgan sifatli mahsulotlarga pul sarflashni tavsiya qiladi. Haqiqat shundaki, arzon mahsulotlarda ko‘pincha sochga zarar yetkazadigan moddalar mavjud bo‘lishi mumkin.

Yog‘lardan noto‘g‘ri foydalanish

Albatta, yog‘ mahsulotlari sochlarda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ular sof shaklda ham juda ko‘p foyda keltirishi mumkin. Biroq ba’zi navlar, albatta, bosh terisi teshiklarini yopib qo‘yishi mumkin, bu esa soch tolalarini mo‘rt, siyrak, quruq qiladi, shuningdek, ularning to‘kilishiga olib keladi.

Bosh terisiga g‘amxo‘rlik qilmaslik

Soch tolalari bosh terisini yashiradi, ammo bu ham alohida e’tibor talab qiladi. Shuning uchun individual xususiyatlarni hisobga olgan holda tanlangan maxsus niqoblar bilan boshni muntazam ravishda piling va namlashni tavsiya qilinadi.

Har kuni amal qilish kerak bo‘lgan oddiy maslahatlar:

To‘g‘ri ovqatlanish

Soch o‘sishiga ta’sir qiluvchi moddalar organizmda asta-sekin to‘planadi. Ammo agar to‘g‘ri ovqatlanish yo‘lga qo‘yilsa, ajoyib natijalarga tezroq erishish mumkin.

B12 vitamini

B12 vitaminining tanqisligi sochlarning haddan tashqari qurishi, mo‘rtlashishi va siyraklashishiga olib keladi. Shuningdek, ularning o‘sishini ham sekinlashtiradi.

E vitamini 

E vitamini soch o‘sishini faol ravishda rag‘batlantiradi, kislorod va kerakli moddalarni bosh terisiga yetkazib beradi.

C vitamini 

C vitamini kapillyar devorlarining holatini saqlab turish va ularning elastikligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi, bu esa soch follikulalarini oziqlantirishni ta’minlaydi.

Kollagen qo‘shimchalari 

Kollagen qo‘shimchalari sochlarning holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zining foydali tarkibi tufayli sochlarni silliq, yumshoq va yanada jilokor ko‘rinishini tiklaydi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!