Bosh sahifaGoʼzallikSochlarni dazmolsiz tekislashning 5 ta xavfsiz usuli

Sochlarni dazmolsiz tekislashning 5 ta xavfsiz usuli


Odatda soch dazmolini doim ham yonimizda olib yurish noqulay. Shunday vaqtda sochni tekislashning tabiiy usullari asqatadi. “Noviy ochag” nashri soch tekislashning bir qancha xavfsiz usullari bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Konditsioner

Albatta, konditsioner sochlarni mukammal darajada tekislamasa-da, pahmoq va jinagalk tolalarni imkon qadar silliqlaydi. Buning uchun faqat mahsulotni odatdagidan ko‘ra uzoqroq niqob sifatida ushlab turish kerak. Eng muhimi, konditsionerni soch ildizlariga qo‘llamaslik lozim.

Soch yog‘lari

Kokos, bodom yoki argan yog‘laridan soch parvarishida unumli foydalanish mumkin — ular soch tolalariga singib, yanada zich va og‘irroq qiladi, bu esa tekislash effektini beradi. Qolaversa, sochlar ipakdek mayin va porloq tusga kiradi.

Fenning sovuq havosi

Agar sochlarni dazmolsiz mukammal tekislashni istasangiz, ularni fenning sovuq havosi bilan quritish kerak. Buning uchun fen mashinasi va dumaloq taroq kerak bo‘ladi. Biroz nam sochlar taroqqa o‘ralib, pastga qarab tarang tortiladi. Havo oqimi soch ildizlaridan uchigacha yuboriladi, natija dazmolnikidek yomon bo‘lmaydi.

Toga

Toga yoki tyurban Lotin Amerikasida sochlarni fen va dazmolsiz tekislash usulidir. Buning uchun soch tabiiy ravishda yuviladi va quritiladi, ular alohida qismlarga bo‘linadi. So‘ngra bosh atrofiga o‘rab, toga turmagi ko‘rinmas holda mahkamlanadi. Soch ro‘mol yoki sharf bilan o‘raladi va oradan 5-6 soat o‘tib, dazmolsiz mukammal silliq sochlarga ega bo‘lish mumkin.

Elastik tasma (rezinka)

Bu usul avvalgisidan ancha tezroq, ammo unchalik samarali emas. Yotishdan oldin sochlar ikkiga ajratilib, pastga yig‘iladi. Har bir to‘plamning boshidan oxirigacha 3 santimetr oraliqda elastik tasmalar taqiladi. Ertalab elastik tasmalar ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi va ehtiyotkorlik bilan taraladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!