Bosh sahifaGoʼzallikSoch o‘sishini tezlashtirishga yordam beradigan usullar

Soch o‘sishini tezlashtirishga yordam beradigan usullar


Soch o‘sishini tezlashtirishga yordam beradigan bir necha usullar mavjud. Harper’s Bazaar Kazakhstan ulardan eng samaralilarini taqim etdi.

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Soch o‘sishi uchun ozuqaviy qo‘shimchalardan foydalaning

Buning uchun avval trixolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. U vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradigan ozuqaviy qo‘shimchalarni tayinlaydi.

Sochni yuvishdan oldin mustahkamlovchi moylar surting

Mutaxassislar moyni haftada bir yoki ikki marta ishlatishni tavsiya qiladi. Uni bosh terisiga massaj harakatlari bilan qo‘llash kerak.

To‘g‘ri ovqatlaning

To‘g‘ri ovqatlanish, shubhasiz, soch o‘sishiga yordam beradi. Kuniga kamida bir marta baliq, tuxum yoki donli mahsulotlarni iste’mol qilish lozim, bu sochlarning keraklicha oqsil olishini ta’minlaydi.

Soch o‘sishi uchun maxsus shampundan foydalaning

Professional shampunlar soch follikulalarini yaxshiroq yetilishiga yordam beradigan oqsilni o‘z ichiga oladi.

Hissiy holatingizga g‘amxo‘rlik qiling

Stress soch o‘sishi sikliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kamroq asabiylashish uchun yoga yoki sevimli sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.

Bosh terisi uchun niqobdan foydalaning

Sochlar sog‘lom bosh terisida eng yaxshi o‘sadi. Shuning uchun haftada kamida bir marta maxsus niqoblaridan foydalanish lozim.

Mikronidling

Mikronidling — bu mayda ignalar yordamida amalga oshiriladigan muolaja. Bu bosh terisida qon oqimini rag‘batlantiradi va mahsulotni yanada samaraliroq so‘rilishiga imkon beradi.

Professional taroqdan foydalaning

Sifatsiz taroqdan foydalanish sochlarning siyraklashishiga olib keladi. Mutaxassislar uchida dumaloq qoplamasi bo‘lgan taroqlardan foydalanishni tavsiya etadi.

Ipak bog‘ichlaridan foydalaning

Oddiy elastik tasmalar sochlarga zarar yetkazishi mumkin. Buning o‘rniga, soch to‘kilishini oldini oladigan ipak variantlarga ustunlik berish lozim.

Sochlarni muntazam kestirib turing

Muntazam ravishda soch uchidan kesib turish, unga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Mutaxassislar sochni har yarim oydan ikki oygacha bir marta kestirishni maslahat beradi.

Issiqdan himoya qiluvchi spreydan foydalanishni unutmang

Agar sochlarni ko‘pincha turmaklab yursangiz, issiqdan himoya qiluvchi spreydan foydalaning.

Tezkor yechim: ulama sochdan foydalaning

Agar ma’lum muddat kutishni xohlamasangiz, “soch o‘sishini tezlashtirish”ning eng yaxshi usuli — ulama sochlardir. Buning uchun tabiiy effektga erisha oladigan mutaxassislarga murojaat qilish mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!