Bosh sahifaGoʼzallikKokos yog‘idan quyoshdan himoya qiluvchi krem o‘rnida foydalanish mumkinmi?

Kokos yog‘idan quyoshdan himoya qiluvchi krem o‘rnida foydalanish mumkinmi?


Aksariyat ayollar kokos yog‘ining imkoniyatlarini haddan tashqari oshirib yuboradi va ularni barcha muammolardan qutqarishi mumkinligiga ishonadi. Ushbu mahsulot haqiqatan ham sochlarni silliq va yorqin qilishi, hatto bo‘yoqlarni ham ketkazishi mumkin, ammo u terini quyoshning zararli ta’siridan himoya qiladimi? Grazia nashri ushbu savolga javob berdi.

Foto: Grazia

Har bir inson biladiki, quyosh nurlari erta qarish belgilarini keltirib chiqaradi va saraton rivojlanish ehtimolini oshiradi. Shuning uchun muntazam ravishda teriga quyoshdan himoyalovchi kremlarni qo‘llash kerak. Plyaj mavsumining boshlanishi bilan ba’zi qizlar bir xil rangga ega bo‘lish umidida toblanishdan oldin kokos moyidan faol foydalanadi. Bu xavfsizmi?

Kokos yog‘i quyoshdan himoya qiluvchi omilga (SPF) ega, ammo uning miqdori juda past, sakkizta. Bu terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish uchun yetarli emas. Yozda kamida SPF 30 yoki undan yuqori bo‘lgan kremni ishlatish kerak.

Foto: Grazia

Ma’lum bo‘lishicha, kokos yog‘i quyoshdan himoya qiluvchi krem o‘rnini bosa olmaydi, lekin bu undan foydalanmaslik kerak, degani emas. Ushbu mahsulotdan terini himoya qilishda emas, balki unga g‘amxo‘rlik qilish uchun foydalanish tavsiya etiladi — u yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega hamda terini chuqur namlaydi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!