Bosh sahifaSalomatlikOzishga qaror qilgan bo‘lsangiz, har doim muzlatkichdan topilishi kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot

Ozishga qaror qilgan bo‘lsangiz, har doim muzlatkichdan topilishi kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot


Yaxshi odatlarni an’anaga aylantirish vazn yo‘qotish uchun asosiy vazifadir. Muzlatkichda sog‘lom ovqatlanishga mos oziq-ovqatlar bo‘lmaganida, “zararli mahsulotlarni” iste’mol qilishdan tiyiling. Quyidagi 6 ta mahsulot xaridlar ro‘yxatida, albatta, bo‘lishi kerak.

Foydali taomnomaga mos keladigan oziq-ovqat uyda yetarli bo‘lsa, ozish osonroq va yoqimli. Muzlatkichni ochasiz va ozishga yordam beradigan mahsulotlardan iste’mol qilasiz.

Tuxum

Tuxum kunning istalgan vaqtida vazn yo‘qotish uchun foydali taomlar tayyorlashda ishlatilishi mumkin. Ikkita tuxumni qaynatish qiyin ish emas va har qanday vaziyatda o‘zingiz bilan olib ketish oson, salatli omlet esa ajoyib issiq taomdir. Tuxum oqsilga boy, shu bois u odamda to‘yimlilik hissini uzoqroq ushlaydi.

Sabzavotlar

Yangi sabzavotlar porsiyada yetarli massa hosil qiladi va parhezga foydali oziq moddalar: kletchatka va vitaminlar qo‘shadi. Salatlar va omlet uchun sabzavotlar borligiga ishonch hosil qiling, sho‘rva yoki garnirni bir zumda tayyorlash uchun ishlatish qulay bo‘lgan holda qadoqlab muzlatkichda saqlang.

Barra salat uchun zarur komponentlar

Tayyor barra salatlarda kaloriya yuqori bo‘ladi, shu bois asosiy tarkib doim topilsin: limon, zaytun moyi, sevimli xantal navi, Himolay tuzi.

Tvorog

Taomnomani yogurt, shirin pishloqli tvorog kabi qo‘shimchalar bilan boyitmang! Sifatli tvorog — bu xushxo‘r salatning tarkibiy qismi bo‘lib, ham proteinga boy, ham oson hazm bo‘ladigan mahsulotdir.

Mavsumiy mevalar

Organizmda shirinlikka ehtiyoj tug‘ilsa, unga mavsumiy mevalar bilan tasalli bering! Hamisha olma zaxirasini saqlang: ular yil bo‘yi topiladigan pektin va murakkab zanjirli uglevodlarga boy mevadir.

O‘zingiz bilan olib yuradigan oziq-ovqatlar

No‘xatli pyurelar, selderey tayoqchalari, pishloq, meva yoki sabzavotlar och qolib ketmaslik uchun ajoyib qo‘shimchalardir. Ana shunday mahsulotlar zaxirasini yarating!

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!