Bosh sahifaSalomatlikKoʻrinmas shakar: yashirin tarzda qandli diabetga duchor qiladigan 7 ta oziq-ovqat

Koʻrinmas shakar: yashirin tarzda qandli diabetga duchor qiladigan 7 ta oziq-ovqat


Shifokorlar kuniga 6 choy qoshiqdan koʻp boʻlmagan miqdorda shakar isteʼmol qilishni tavsiya qiladilar, ammo bu mahsulot meʼyordan bir necha barobar oshib ketadi. Yomon tomoni, kuniga qancha qand qabul qilyapsiz buni sezmay qolish nihoyatda oson!

Shakarsiz glyukoza ham boʻlmaydi. Glyukoza hujayralar uchun eng samarali energiya manbai boʻlib, miya bu “yoqilgʻi”siz umuman ishlay olmaydi. Ammo organizm qancha koʻp shakar bilan taʼminlansa, xavf shunchalik yuqori boʻladi, “tashqi” energiyani qanday qabul qilishni unutadi va diabet boshlanadi. Buning oldini olish uchun shirinliklar darajasini nazorat qilish kerak: kattalarning kuniga olti choy qoshiq shakar bilan cheklanishlari tavsiya etiladi. Shu bilan birga, albatta, koʻp miqdorda shakar yashiringan oziq-ovqatlardan saqlanishingiz lozim, ayniqsa, shular ancha xavfli. Biz bu borada chempion mahsulotlar haqida gapiramiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Sushi

Foto: “Noviy ochag”

Guruch, baliq, dengiz oʻtlari — bunda shakar qayerdan paydo boʻladi? Gap shundaki, guruchni pishirishda anʼanaviy ravishda sirka, tuz va shakar qoʻshiladi va guruch yopishqoq boʻlib chiqadi, ajralib ketmaydi ham. Natijada, bir stakan sushida bir osh qoshiq shakar “koʻrinmay” qoladi. Bu miqdor juda koʻp!

Konservalangan meva va sabzavotlar

Foto: “Noviy ochag”

Xoʻsh, mevalarda hammasi ravshan: ular shirin qiyomda saqlanadi, ammo sabzavotlar haqida nima deyish mumkin? Afsuski, shakar eng keng tarqalgan marinadlarning tarkibiy qismidir. Uni konservalangan makkajoʻxori, loviya yoki noʻxat, hatto, tuzlangan bodring-pomidor tarkibida yashirin tarzda isteʼmol qilayotganingizni bilmasangiz kerak?

Non

Foto: “Noviy ochag”

Hatto, qora va butun donli nonlarda ham shakar miqdori koʻp. 100 gramm non uchun oʻrtacha kamida 4 gramm shakar qoʻshiladi. Bu oʻlchov oliy nav undan tayyorlangan oq non yoki kekslarga qoʻshiladigan shakardan aslo kam emas.

Goʻsht mahsulotlari

Foto: “Noviy ochag”

Kolbasa, sosiska, quritilgan goʻsht mahsulotlar yorliqlaridagi tarkibni oʻqib chiqqanda roʻyxatda shakarni uchratasiz. Koʻpincha u qayta ishlangan goʻshtlarga ishtaha ochar boʻlib koʻrinishi uchun ishlatiladi. Salomatligingiz haqida jiddiy qaygʻursangiz, qayta ishlangan goʻsht mahsulotlaridan uzoqroq boʻling.

Proteinli batonchiklar

Foto: “Noviy ochag”

Sizningcha, batonchiklar protein tanqisligini tezda qoplash, ochlikni bartaraf etish va quvvat berishning oson usulimi? Tarkibni diqqat bilan oʻqing: ularning koʻpchiligida oqsildan koʻra koʻproq shakar mavjud. Proteinli batonchiklarning kunlik isteʼmolida ular 30 grammgacha shakarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.

Yogurt

Foto: “Noviy ochag”

Yogurt ajoyib nonushta bop taom va mukammal qoʻshimcha... Faqat tarkibida yogurtdan boshqa hech narsa boʻlmasa. Quruq yoki rezavor mevalar bilan toʻldirilgan idishlarda tayyor holda sotiladigan yogurtda olti choy qoshiq shakar boʻlishi mumkin. Bu miqdor kattalar va bolalar uchun juda koʻp.

Meva sharbatlari

Foto: “Noviy ochag”

Sharbatlar qadogʻida “shakarsiz” deb yozilgan boʻlsa ham, uni iste‘mol qilmaganingiz maʼqul. Hatto, yangi siqilgan sharbatda ham mevaning oʻziga qaraganda koʻproq shakar bor. Qolaversa, meva sharbatida klechatka mavjud emas, shu bois ichimlikdagi shakarning barchasi bir zumda qonga qoʻshilib ketadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!