Bosh sahifaGoʼzallikNima uchun sochlar to‘kiladi va buni qanday to‘xtatish kerak: shifokor maslahati

Nima uchun sochlar to‘kiladi va buni qanday to‘xtatish kerak: shifokor maslahati


Londondagi Filipp Kingsli klinikasining yetakchi trixologi Anabelle Kingsli nima uchun soch to‘kilishini va noxush oqibatlarning oldini olish haqida bir qancha maslahatlar berib o‘tdi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Har uchinchi ayol ertami-kech soch to‘kilishi muammosiga duch keladi. Ularning har biri uchun yaxshi yangilik bor: hech narsa qilish mumkin bo‘lmagan holatlar juda kam uchraydi va aksariyat hollarda qulay yechim bor.

Sochlarning siyraklashishiga genetik moyillik ehtimoli bor, ya’ni yosh o‘tishi bilan ularning hajmi kamayadi. Bularning barchasi testosteron darajasiga bog‘liq: u qanchalik ko‘p bo‘lsa, soch follikulalarini zaiflashtirish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘lib, har bir yangi faoliyat siklida siyrak sochlar paydo bo‘ladi. Ammo odatda soch to‘kilishini davolash mumkin bo'lgan holatlar ham bor:

Gormonal buzilish

Gormonal nomutanosiblik husnbuzardan tortib ortiqcha vazngacha bo‘lgan ko‘plab muammolarga olib kelishi mumkin. Gormonlar soch o‘sishi siklini tartibga solishda katta rol o‘ynaydi. Estrogen soch o‘sishi fazasini uzaytirishga yordam beradi, erkak gormonlari esa aksincha. Erkak gormonlarining ko‘pligi endokrin kasalliklar, masalan, polikistik tuxumdon sindromi va boshqalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Stress

Bu yanglish fikr emas. Jiddiy asabiy zarbalar, albatta, soch to‘kilishiga olib keladi. Sababi bir xil: stress ta’sirida erkak gormonlarini ishlab chiqarish faollashadi va sochlar bunga oldindan taxmin qilinadigan tarzda reaksiyaga kirishadi.

Anemiya

Organizmdagi temir tanqisligi deyarli soch to‘kilishiga olib kelishi bilan kafolatlanadi. Temir sochni tashkil etuvchi keratin oqsillarini hosil qilish uchun zarurdir. Shuning uchun anemiyada dastlab sochlarning siyraklashishi va to‘kilishi kuzatiladi.

Gipotireoz va gipertireoz

Qalqonsimon bez oqsil ishlab chiqarishni va to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlashni nazorat qilish orqali organizmdagi metabolizmni tartibga solishga yordam beradi. Shuning uchun qalqonsimon bezning har qanday holati soch follikulalariga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, gipotireoz ko‘pincha anemiya bilan birga kuzatiladi.

B 12 vitamini yetishmovchiligi

B12 vitaminining yetishmasligi charchoqqa olib kelishi mumkin, ammo agar shunday bo'lsa, bu ko‘pincha soch to‘kilishiga ham olib kelishi tabiiy. Chunki uning yetishmasligi kislorodni to‘qimalarga olib boradigan qizil qon tanachalariga salbiy ta’sir qiladi. Bu vegetarianlar orasida keng tarqalgan, chunki B12 vitamini faqat hayvon oqsillaridan olinishi mumkin.

To‘satdan vazn yo‘qotish

Agar oyiga 5 kilogrammdan ortiq vazn yo‘qotishga imkon beradigan parhezlarga amal qilinsa, bu bilan nafaqat vaznni, balki sochlarni ham yo‘qotish xavfi bor. Ratsiondagi har qanday yetishmovchilik birinchi navbatda sochning holatiga ta’sir qiladi.

Yosh

Menopauza arafasida sochlar siyraklashib, intensiv ravishda to‘kila boshlaydi, bu estrogen ishlab chiqarishning pasayishi bilan bog‘liq.

Nima qilish kerak?

Avvalo vahima qilishni to‘xtatish zarur. Sochlar sekin o‘sadi, shuning uchun ularning holati va o‘sish tezligi normal holatga qaytishi uchun kamida uch oy kerak bo‘ladi. Ishni to‘g‘ri ovqatlanishdan boshlash kerak.

Birinchi va eng muhimi, organizmni yetarli miqdorda oqsillar bilan ta’minlashdir. Har bir taomda oqsillar bo‘lishi kerak — kamida 120 gramm. 

Ikkinchi nuqta — murakkab uglevodlarning yetishmasligini to‘ldirish kerak. Mevalar, to‘liq donli non, don, ko‘katlar, sut mahsulotlari — bularning barchasi kundalik ratsionda bo‘lishi lozim.

Uchinchidan, temir, C, B12, D3 vitamini, mis, rux, selen, muhim aminokislotalarni o‘z ichiga olgan vitamin va qo‘shimchalarni olishni unutmaslik lozim. Ular organizmda yaxshi so‘riladi va tezda sog‘lom soch o‘sishiga yordam beradi.

To‘rtinchidan, murakkab turmaklardan voz kechish. Hatto eng yuqori sifatli mahsulotlar ham zararli, sochlar og‘irlashadi, bir-biriga yopishadi va tarash paytida ular siyraklashib, to‘kiladi. Hatto sochlarini fenda quritishdan ham qochish kerak, konditsionerlardan foydalanish, muntazam ravishda niqoblar va yog‘lar surtish tavsiya etiladi.

Beshinchidan, sochlarni sovuq suv bilan yuvish va yuvish paytida sochlarni qo‘llar bilan ildizigacha yengil massaj qilish lozim. Konditsionerdan ham foydalanganda ham qo‘llar bilan tavsiya etiladi.

Oltinchidan, sochlarni sochiqqa o‘rab quritmaslik lozim. Ularni tabiiy ochiq havoda qurishiga imkon berish kerak.

Agar yuqorida aytilganlarning barchasi yordam bermasa, gormonal muvozanatni to‘g‘rilashga va sochni tartibga solishga yordam beradigan dorilar ro‘yxatini birgalikda aniqlash uchun endokrinolog va parallel ravishda trixolog bilan bog‘lanish tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!